Mahorat darsi

Bugun 2023-yil 3-mart kuni Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi ingliz tili fani o‘qituvchisi Y.Yormatova tomonidan malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “Mahorat darsi” tashkillandi.
Darsni Quva tumani 11-maktab oliy toifali ingliz tili o‘qituvchisi Karimova Nilufar Shuhratovna pedagogik markazda tashkil etilgan ingliz tili 1-guruh tinglovchilari bilan “The differences between PPP and TPL approaches” mavzusida mahorat darsini olib bordi.


Karimova Nilufar tomonidan tinglovchilarga “The differences between PPP and TPL approaches” darsini o‘quvchilarga ularning til bilish darajasiga qarab, metodikalarni to‘g‘ri qo‘llash haqida mashg‘lulot olib borildi. Dars davomida bir mashg‘ulotni 2 xil yo‘l bilan amaliy tarzda ko‘rsatib berildi. Mashg‘ulot davomida tinglovchilarga qiziqarli yangi metodikalar qo‘llanildi. Tinglovchilar o‘z faoliyati davomida kerakli bo‘lgan pedagogik tushunchalarga ega bo‘ldilar

Muallif Muhammadrasul Xokimov

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*