Bugun 2023-yil 3-mart kuni Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi ingliz tili fani o‘qituvchisi Y.Yormatova tomonidan malaka oishirish kursi tinglovchilari ishtirokida “Mahorat darsi” tashkillandi.
Darsni Quvasoy shahar 5-maktab oliy toifali ingliz tili o‘qituvchisi Mo‘minova Yulduzxon Uzakovna pedagogik markazda tashkil etilgan ingliz tili 1-guruh 2-juflik tinglovchilari bilan “Revision” darslarini tashkillash bo‘yicha dars mashg‘ulotini olib bordi.
Darsi davomida tinglovchilarga “Revision” darslarini qiziqarli tashkillash va uni boyitish haqida tushunchalar berildi hamda dars davomida yangi metodikalar qo‘llanildi.
Tinglovchilar darsdagi yangiliklarni katta qiziqish bilan tingladilar hamda dars davomida faol ishtirok etdilar. Y Mo‘minova tomonidan qo‘llanilgan metodikalar barcha yuqori sinflar uchun hamda boshqa fanlarda ham samarali va qiziqarli natija berishi borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.