Mahorat darsi

2023-yil 4-mart kuni Farg’ona viloyti pedagoglarini yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi kata o‘qituvchisi T.Sodiqov tomonidan malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “Mahorat darsi” tashkillandi. Darsni Quva tumani 37-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ingliz tili o‘qituvchisi hamda chet tilini darajasini belgilovchi С1 darajadagi xalqaro sertifikat sohibasi Munojatxon Fazildinova milliy markazida tashkil etilgan ingliz tili kursi tinglovchilari bilan “»Respecting the environment «” mavzusida noan’anaviy usulda dars mashg’ulotini olib bordi. Dars jarayonida darsliklarda berilgan matnlarni o‘quvchilar tomonidan oson va samarali o‘zlashtirilishi uchun “Jig saw” interfaol metodini qo‘llash haqida fikr va mulohazalar bildirib o‘tildi. Mashg‘ulot davomida mazkur interfaol usul turli xil mashqlar, rolli o‘yinlar, jismoniy mashqlar  orqali oson o‘rgatish usullari haqida batafsil ma’lumot berildi. Mashg’ulotda barcha tinglovchilar faol ishtirok etdilar.

Muallif Muhammadrasul Xokimov

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*