Mahorat darsi

2023-yil 4-mart kuni Farg’ona viloyti pedagoglarini yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi kata o‘qituvchisi T.Sodiqov tomonidan malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “Mahorat darsi” tashkillandi. Darsni Quva tumani 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ingliz tili o‘qituvchisi Matluba Abduqodirova Latipovna milliy markazida tashkil etilgan ingliz tili kursi tinglovchilari bilan “Giving clear information” mavzusida noan’anaviy usulda dars mashg’ulotini olib bordi. Dars jarayonida darsliklarda berilgan topshiriqlarni, vazifalarni o‘quvchilar tomonidan oson va samarali o‘zlashtirilishi uchun to‘g‘ri va aniq ko‘rsatma berish yo‘llari va usullari haqida fikr va mulohazalar bildirib o‘tildi. Mashg‘ulot davomida mazkur mulohazalar amaliy mashqlar  orqali mustahkamlandi. Mashg’ulotda barcha tinglovchilar faol ishtirok etdilar.

Muallif Muhammadrasul Xokimov

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*