Joriy yilning 5-mart kuni Toshkent shahrida “National Publication” MChJ tashabbusi bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi miqyosida “Eng yaxshi ilmiy maqola” Xalqaro tanlovida ishtirok etgan g‘oliblarni taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu Xalqaro tanlov tadbirida Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi pedagogika va psixologiya ta’lim texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi, 2021-yilning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi miqyosidagi eng a‘lochi pedagogi , 2022- yil Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Tashabbuskor islohotchi” hamda 2023-yil Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Intellektual izlanuvchi“ unvonlari sohibasi Toshpo‘latova Nargizaxon Mamarizayevna ishtirok etdi.
Toshpo‘latova Nargizaxon Mamarizayevna “National Publication” MChJning sertifikat, tashakkurnoma, esdalik nishoni, guvohnomasi bilan taqdirlandi. Ushbu tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.