Bugun Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Boshqa kunlardan farqli ravishda ertalab pedagogik markazda mehnat qilayotgan barcha yigitlar, ayollarni musiqa va qarsaklar sadosi bilan kutib oldilar.Unda Pedagogik markaz Professor-o‘qituvchilari, bo‘lim va texnik xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbirni Pedagogik markazning O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Z.Teshaboyev ochib berdi va barcha ayollarni kirib kelayotgan 8- mart “xalqaro xotin-qizlar bayrami” bilan tabrikladi.
Tantanali tadbir, pedagogik markaz xodimlari va musiqa kursi tinglovchilarining tayyorlagan konsert dasturi bilan davom etdi.
Tadbir so‘ngida yana bir e’tibor sifatida ayollar uchun tayyorlangan sovg‘alar taqdim qilindi.
Ertalabki tadbir barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi.