Bugun 2023-yil 6-may kuni Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi boshlang‘ich ta’lim fani o‘qituvchisi Mirzo Ulug‘bek G‘ofurov tomonidan malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “Mahorat darsi” tashkillandi.
Darsni Rishton tumanidagi 19-umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Yorqinoy G‘aniyeva tomonidan pedagogik markazda tashkil etilgan boshlang‘ich ta’lim 7-guruh tinglovchilari bilan 1-sinf Alifbe darsida “Mm tovushi Mm harfi ” mavzusida dars mashg‘ulotini olib bordi.
Dars avvalida o‘qituvchi qatorlarni kichik guruhlarga bo‘lib oldi va guruhlar o‘zlariga berilgan nomlarni ta’riflab berishdi. O‘qituvchi o‘tilgan mavzu yuzasidan unli va undosh tovushlarni yodga olib tinglovchilar bilan birgalikda bo‘g‘in va so‘zlarni talaffuz qildilar. Mustahkamlash uchun, guruhlarda tinglovchilar “sehrli xaltacha” topshirig‘ini bajardilar. Darsni “lentachadan foydalanib M harfini hosil qilish”, “chaqqonlik”, “oltin baliq” va “so‘z o‘yini” kabi didaktik o‘yinlardan foydalanib tinglovchilarga yangi mavzuni tushuntirib berdi.
Ustozlar o‘quvchilarni darsga qiziqtirish uchun bunday metodlardan unumli foydalanish samarali natijalar berishini anglab yetdilar va o‘z darslarida foydalanishlarini ta’kidladilar.