“Onalarga ehtirom”

Avval xabar berganimizdek, “Onalarga ehtirom” festivalini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha Farg‘ona viloyati  pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida bir qator tadbirlar davom etmoqda. Shu boisdan bugun Pedagogik markaz faollar zalida markaz ma’muriyati, kasaba uyushma qo‘mitasi va xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti hamda musiqa kursi tinglovchilari tomonidan Pedagogik markazda  faoliyat olib borayotgan jamoa a’zolari va ularning onalari ishtirokida “Onalarga ehtirom” nomli bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni Pedagogik markazning o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i  Z.Teshaboyev ochib berdi va barcha ayollarni ushbu bayram bilan qutladi.

Tantanali tadbir, pedagogik markaz xodimlari va musiqa kursi tinglovchilarining tayyorlagan konsert dasturi bilan davom etdi. Yangragan she’r,  kuy va qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari faollar zaliga tashrif buyurganlar kayfiyatiga kayfiyat qo‘shdi.

Tadbir so‘ngida  markaz rahbariyati tomonidan “Amaliy fanlar va axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchilari tashabbusi bilan malaka oshirish kurslari tinglovchilari ishtirokida “Jannat – onalar oyog‘i ostida” mavzusida taqdimotlar ko‘rik-tanlovida faol ishtirok etgan qatnashchilarga esdalik sovg‘alar va faxriy yorliqlar topshirildi.

Bayram ko‘tarinki kayfiyati ta’lim-tarbiya maskanlarida davom etmoqda…

 

Muallif Muhammadrasul Xokimov

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*