“Jannat – onalar oyog‘i ostida”

Bugun, 2023-yil 16-may kuni Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida “Onalarga ehtirom” festivali doirasida “Amaliy fanlar va axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchilari G.Ergasheva, Z.Dehqonova, A.Nishonov va Y.Raxmatov tashabbusi bilan malaka oshirish kurslari tinglovchilari ishtirokida “Jannat – onalar oyog‘i ostida” mavzusida taqdimotlar ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

Mazkur ko‘rik-tanlovda tinglovchilar onalarni madh etuvchi va ulug‘lovchi rasmlarini, she’rlarini, videoroliklarini o‘z taqdimotlarida aks ettirdilar. Ko‘rik-tanlovda ona tili va adabiyot o‘qituvchilari, biologiya fani o‘qituvchilari, texnologiya fani o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, maktab amaliyotchi psixologlari malaka oshirish yo‘nalishlari tinglovchilari faol ishtirok etdilar.

Muallif Muhammadrasul Xokimov

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*