Mahorat darsi

Joriy  yilning 13-may kuni » Tillarni o’qitish metodikasi» kafedrasi ingliz tili o’qituvchisi Y.Yormatova tomonidan malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida «Mahorat darsi» tashkillandi.Farg’ona shahar 42-maktabning ingliz tili fani o’qituvchisi Guljaxon Turdimatova ingliz tili  o’qituvchilari kursi 3-guruh tinglovchilariga «Traveling to France»(Traveling Agency) mavzusida noan’anaviy usulda dars o’tib berdi.


Dars jarayonida turli metod va uslublarni samarali qo’llash, o’quvchining dars davomida mustaqil ishlashi va
qiziqtira olishi bo’yicha amaliy mashg’ulot o’tkazildi. Tinglovchilar  individual, juftliklar va guruxlarda ishlab , o’zaro fikr almashish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Ushbu dars zamonaviy metodlardan foydalanganligi va qiziqarliligi bilan ahamiyatli bo’ldi.Turli mashg’ulot va o’yinlar barcha yoshdagi o’quvchilar uchun yordamchi va samarali ekanligi ko’rsatib berildi. Mashg’ulotda o’quvchilarni tanqidiy va ijobiy fikrlash qobilyatini rivojlantirish uchun qiziqarli mashqlardan foydalanildi

Muallif Muhammadrasul Xokimov

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*