“Ko‘rgazmalar tanlovi”

Avval xabar berganimizdek, “Onalarga ehtirom” festivalini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha Farg‘ona viloyati  pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida bir qator tadbirlar davom etmoqda. Shu boisdan bugun “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi tomonidan bolalarni umuminsoniy, milliy va oilaviy qadriyatlar, yuksak odob-ahloq qoidalari tamoyillari asosida tarbiyalash maqsadida “Ko‘rgazmalar tanlovi” tashkil etildi.

Tanlovda mazkur kafedra tinglovchilari tomonidan o‘quvchilarni Vatanga muhabbat onaga ehtirom ruhida tarbiyalashga mo‘ljallab tayyorlangan qo‘l ishlari, rasmlar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Tanlov so‘ngida Pedagogik markaz rahbariyati tomonidan faol ishtirok etgan qatnashchilarga esdalik sovg‘alar va faxriy yorliqlar topshirildi.

Tanlov barchada ko‘tarinki kayfiyat uyg‘otdi va katta taassurot qoldirdi.

Muallif Muhammadrasul Xokimov

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*