Mahorat darsi

Joriy yilning 13-may kuni “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi ingliz tili  o‘qituvchisi Y.Yormatova tomonidan malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “Mahorat darsi” tashkillandi.

Darsni Furqat tumani 1-IDUMning ingliz tili fani o‘qituvchisi Gulnozaxon Sayidova ingliz tili kursi 2-guruh tinglovchilari ishtirokida “Effective using of video materials during English lessons” mavzusida  noan’anaviy  usulda mahorat darsi o‘tib berdi.

Dars jarayonida vidoe materiallarni darslarda samarali qo‘llash , darsda tinglab tushunish va gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. Tinglovchilar juftliklarda va guruhlarda ishlab, o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ushbu dars mashg‘ulot jonli va qiziqarliligi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Interaktiv yondashuv yuqori sinflar uchun namunali, ko‘rgazmali va samarali ekanligi ko‘rsatib berildi. Mashg‘ulotda o‘quvchilarni tinglab tushunish va gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun mashqlardan foydalanildi.

Muallif Muhammadrasul Xokimov

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*