Joriy yilning 17-may kuni American councils kompaniyasi va Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida “O‘zbekiston yoshlari o‘rtasida ishga joylashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.
“YES” loyihasini Farg‘ona tumani 55-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Ruxshona Saydaliyeva taqdim etgan. Viloyatimizdagi 3 ta shahar va tumanlarning 8-11-sinflarida olib boriladigan tajriba-sinov loyihasi 5 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, maktab o‘quv darsliklariga yangilik kiritish, yoshlarni tadbirkorlikka tortish, ish bilan ta’minlash, uy ta’limidagi qizlarga e’tiborni kuchaytirish, tadbirkor va ishbilarmonlar bilan bog‘lash, ularni qo‘shimcha o‘qitish, zamonaviy kasblarga o‘rgatish va gender tenglik masalalarini maqsadli olib borish ko‘zda tutilgan.
Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi loyiha hamkori hisoblanadi.