Avval xabar berganimizdek, “Onalarga ehtirom” festivalini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha Farg‘ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida bir qator tadbirlar davom etmoqda. Shu boisdan bugun “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi tomonidan Turkiy xalqlar yozma manbalarida “Onalarga ehtirom” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati pedagogik markaz xodimlari va ushbu hafta ta’lim olayotgan tinglovchilar o‘rtasida o‘tkazildi.
Tadbirni Pedagogik markazning o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Z.Teshaboyev ochib berdi va barcha ayollarni ushbu bayram bilan qutladi.
Tadbir davomida “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi professori N.Abdulahatov tariximizdagi mashhur ayollar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan boshladi.
Tadbir so‘ngida yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir qiziqarli va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.
Bayram ko‘tarinki kayfiyati ta’lim-tarbiya maskanlarida davom etmoqda…