Umumta’lim maktablarining pedagog kadrlariga yanada qulaylik yaratish maqsadida Farg‘ona viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi tomonidan Qo‘qon shahar 14- va Beshariq tuman 45-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ko‘chma malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
2023-yilning 22-27-may kunlari bo‘lib o‘tadigan malaka oshirish kurslarida 300 nafar pedagoglarga o‘z mutaxassisligi bo‘yicha malakasini oshirish imkoniyati yaratildi.
Ko‘chma malaka oshirish kurslarida dars mashg‘ulotlarini belgilangan tartibda samarali tashkil etish maqsadida Pedagogik markaz tomonidan professor-o‘qituvchilar jalb qilindi.