Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus talim metodikalari kafedrasi.
Kafedra mudiri: Solijonov Islomjon Mominovich.
Kafedra tarixi bevosita institut tarixi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, 17 nafar professor-o’qituvchilar samarali mehnat qilib, kafedraning salohiyatini ko‘tarishga harakat qilishmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘z ish faoliyatlarini davlatimiz rahbarining qaror va ko‘rsatmalari, xalq bilan bo‘lgan uchrashuvlarda bildirgan fikr-mulohazalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108 Farmoni va “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son hamda “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-son qarorlari ijrosini ta’minlash, hamda Vazirlar Mahkamasining «Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 17-yanvardagi 25-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida shuningdek, pedagog kadrlarning malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo‘li bilan xalq ta’limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqib, zamonaviy talablar asosida xalq ta’limi muassasalari pedagog kadrlari malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini muntazam oshirishni, asosiy e’tibor darslarni sifatli va samarali o‘tishga, mashg‘ulotlar jarayonida axborot pedagogik texnologiyalardan oqilona foydalanishga, “Mahorat darslari” faoliyatini shaklan va mazmunan boyitishga, tinglovchilarning malakadan keyingi faoliyatini tizimli ravishda o‘rganishda e’tibor qaratilmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari “Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari va boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirish metodikasi” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. Professor-o‘qituvchilar tomonidan nashr etilgan monografiya, o‘quv-qo‘llanma, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatma va uslubiy tavsiyalar, OAK e’tirof etgan jurnallarda, chet el ilmiy jurnallarida, Respublika ilmiy va amaliy konferensiyasi materiallarida chop etilayotgan maqola va tezislarda bu jarayon o‘z aksini topmoqda.
Kafedramiz professor-o‘qituvchilari ilmiy-amaliy konferensiyalarda o‘z maqolasi bilan qatnashib tinglovchilarga metodik yordam berib kelmoqdalar. Bundan tashqari kafedramiz o‘qituvchilari tomonidan har oyda viloyat, tuman seminarlari va mahorat darslari tashkil etilmoqda. Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlar (PISA, PIRLS, TIMSS, ICILS, TALIS) tushunchalari nisbatan zamonaviy yondoshuvlar “STEAM-ta’limni haqiqiy hayot bilan bog‘lovchi texnologiya”ga mavzusida amaliy seminarlar tashkillanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 25-fevraldagi “Hududiy markaz professor-o‘qituvchilarini umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish hamda xalq ta’limi xodimlari uzluksiz ta’limning dolzarb muammolariga doir ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish bo‘yicha chora tadbirlar rejasida belgilab berilgan vazifalar kafedra ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida o‘qituvchilar D.Saidova, D.Talabovalar tamonidan tegishli ixtisosliklar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim muammolarini ilmiy jihatdan tadqiq qilish maqsadida ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan istiqbol reja tuzilib tasdiqlangan. Istiqbol rejaga ko‘ra “MTT va boshlang‘ich ta’limda texnologiyalar: tajriba, almashish va strategiyalarni belgilash” nomli kafedra bosh mavzusi belgilab olingan va erishilgan natijalar OAK e’tirof etgan jurnallar, Xalqaro ilmiy jurnallar, hamda Xalqaro va Respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya va anjumanlarda ham faol qatnashib kelmoqdalar.