- institutning kurs tinglovchilari, ma’ruzachi va professor-o’qituvchilari, xizmatchilar hamda boshqa toifa mutaxassislariga ularning talablariga muvofiq ravishda, barcha zahiralardan foydalanishga to’la ijozat berish asosida to’liq va zudlik bilan tejamli ravishda kutubxona, axborot- bibliografik xizmat ko’rsatish;
- yakka tartibda ishlashning turli shakl va metodlari orqali tinglovchilarning bilimga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish va o’ziga xosligini o’rganish, fuqarolikni, dunyoqarash madaniyatini, yaratuvchilik mehnati ko’nikmalarini va ijodkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitni yaratish;
- institut kurs tinglovchilarining ta’lim olishiga ko’maklashish;
- axborot-resurs markazi faoliyatini institut kafedralari va manfaatdor bo’limlar bilan muvofiqlashtirish;
- institut xodimlari, tinglovchilar va pedagoglar jamoasi orasida milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni, xalq ta’limining yutuqlari, ilg’or ta’limiy tajribalar yoritilgan manbalarni keng targ’ib qilish va xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo’lishni ta’minlash, ma’naviy boy va uyg’un kamol topgan shaxsning ijodiy o’sishi uchun imkoniyatlar yaratish;
- axborotlarga bo’lgan talablarga muvofiq har qanday fondlardan keng foydalangan holda yangi axborot texnologiyalari (ma’lumotlarning elektron bazalari, internet resurslari) asosida tinglovchilarga zarur darajada axborot xizmati ko’rsatish;
- kutubxona-axborot jarayonlarining zamonaviy texnologiyalarini va kompyuterlashtirishni joriy etish asosida ishlarni takomillashtirish;
- xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasiga, foydalanuvchilarning axborotlarga bo’lgan ehtiyojlariga muvofiq axborot-kutubxona fondini shakllantirish, ma’lumotlar qidirish apparatini, ma’lumotlar bazalarini, elektron katalog va kartotekalarni tashkil etish va yuritish;
- madaniy, ta’lim, axborot va boshqa dasturlar, loyihalar, aktsiyalarni birgalikda amalga oshirish, shuningdek, foydalanuvchilarning hujjatlarga va axborotlarga bo’lgan ehtiyojlarini yanada to’laroq qondirish uchun axborot-kutubxona markazlari, kutubxonalar, ta’lim muassasalari, o’zini o’zi boshqarish organlari, ijtimoiy ta’minot xizmatlari, milliy madaniy markazlar bilan hamkorlikni, faoliyatni muvofiqlashtirish;
- axborot-resurs markazi xizmatlari ro’yxatini kengaytirish, uni texnik jihozlash, kutubxona-axborot jarayonlarini kompyuterlashtirish asosida xizmatning sifatini oshirish;
- kitobxonlar uchun konferentsiyalar, kechalar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlar o’tkazish;
- kutubxonaga kirim qilingan kitob va gazeta – jurnallarni saqlanishi, kitobxonlarning foydalanishi uchun sharoit yaratish;
- obunani tashkil etish.