- institutda, viloyat ta’lim muassasalarida pedagog kadrlarning malakasini oshirish borasida marketing, monitoring va diagnostik xizmatni amalga oshiradi va natijalari haqida institut ma’muriyati hamda tegishli ta’limni boshqaruv organlariga yozma hisobotlar beradi;
- hududiy ta’limni boshqaruv organlari bilan hamkorlikda viloyat miqyosida ta’lim muassasalarining pedagogik kadrlar bilan ta’minlanishi ahvolini o’rganish hamda ularning qayta tayyorlash va malaka oshirishga bo’lgan ehtiyojlarini aniqlab boradi;
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan hamkorlikda qayta tayyorlash va malaka oshirish sifatini baholash bo’yicha olib borilgan diagnostik tahlillar natijasi bo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilaydi va uni amalga oshirishda kafedralarga amaliy, metodik yordam ko’rsatadi;
- institutda tashkil etilgan kurslarda tinglovchilar tomonidan toifalar bo’yicha qayta tayyorlash va malaka oshirishga qo’yilgan Davlat talablarining bajarilishini tahlil qiladi, uning natijalari asosida ta’lim samaradorligini oshirish bo’yicha takliflar tayyorlaydi;
- kurs bitiruvchilari orasida maxsus tuzilgan anonim anketa so’rovlari asosida tahlillar o’tkazadi, natijalari haqida ishlab chiqarish yig’ilishlarida muntazam axborot berib boradi;
- hududlardagi ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatayotgan xalq ta’limi xodimlari to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini yaratadi hamda yangilab borishini ta’minlaydi;
- viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan xalq xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malaka oshirish bo’yicha taqdim etilgan buyurtmalarni umumlashtirish asosida O’quv jarayonini tashkil etish bo’limi bilan hamkorlikda institutning kelgusi kalendar yiliga mo’ljallangan va istiqboldagi qayta tayyorlash va malaka oshirish rejalari loyihasini ishlab chiqadi;
- xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo’limlari bilan kelishilgan holda joylarda qisqa muddatli qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish rejalarini ishlab chiqadi;
- qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida egallangan bilimlar va ko’nikmalarni baholash mezonlari, yakuniy attestatsiya o’tkazish tartibi, ta’lim jarayoni sifatini baxolash monitoringi mexanizmlarini amalga oshiradi;
- institut kafedralari bilan hamkorlikda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o’tkaziladigan yakuniy attestatsiya uchun test savollari bankini yaratadi hamda yangilanib borishini nazorat qiladi;
- kurslar yakunida o’tkaziladigan yakuniy attestatsiya jarayonini tashkil qiladi va unga rahbarlikni amalga oshiradi;
- qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida o’qigan xalq ta’limi xodimlarini malaka darajasi monitoringini baholashni amalga oshiradi;
- belgilangan “Vaqt me’yorlari” asosida institut professor-o’qituvchilari tomonidan pedagogik yuklama bajarilishini monitoringi olib boradi;
- institut professor-o’qituvchilari faoliyati reytingini aniqlaydi va tegishli takliflar ishlab chiqadi;
- Xalq ta’limi vazirligi va hududiy xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan o’tkazilgan ta’lim sifati monitoringi hamda umumta’lim fanlari bo’yicha o’tkazilgan “Bilimlar bellashuvi” natijalari asosida aniqlangan bo’shliqlarni to’ldirish bo’yicha chora-tadbirlar belgilaydi va kafedralarga etkazadi, ijrosini nazoratga oladi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi jarayonini monitoring qilish va sifatini baholash bo’limi bevosita o’quv-metodik ishlar bo’yicha prorektor va institut rektoriga bo’ysunadi.