- institutda olib borilayotgan ilmiy-metodik va ilmiy tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirib boradi;
- institutda o’tkaziladigan ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy konferentsiya va seminarlar ishini muvofiqlashtirib boradi;
- institut professor-o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan metodik hamda o’quv-uslubiy materiallarni nashr etishga tayyorlaydi;
- institutda o’tkaziladigan konferentsiya va seminarlarning materiallarini to’plam shaklida umumlashtiradi va o’rnatilgan tartibda chop etishga tayyorlaydi;
- qayta tayyorlash va malaka oshirishning ilmiy, metodik va amaliy muammolarini aniqlaydi va ularni hal etish yuzasidan tajriba-sinov ishlarini tashkil etadi;
- hududiy xalq ta’limi boshqarmasi huzuridagi Metodika markazi va xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo’limlari bilan hamkorlikda ilg’or pedagogik texnologiyalarni va tajribalarni tajriba-sinovdan o’tkazish jarayonini muvofiqlashtiradi;
- qayta tayyorlash va malaka oshirish sohasidagi xorijiy ilg’or tajribalarni joriy qilish yuzasidan tavsiyalar tayyorlaydi;
- fanni o’qitishning ilmiy, metodik va amaliy muammolarinini hal etishga qaratilgan ilg’or tajribalar, pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo’yicha kafedralar bilan birgalikda seminarlar, treninglar, ochiq o’quv mashg’ulotlari tashkil etadi;
- o’quv fani bo’yicha qayta tayyorlash va malaka oshirish sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot yo’nalishlari va mavzularini belgilaydi;
- respublika va xalqaro miqyosda o’tkaziladigan fundamental va amaliy tadqiqotlar tanlovlariga qatnashuvchi talabgorlarning hujjatlarini tayyorlaydi;
- institutda xalqaro va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda ilg’or pedagogik texnologiyalar va tajribalarni joriy etish borasida olib boriladigan ishlarni muvofiqlashtirib boradi.
Ilg’or pedagogik texnologiyalarni va tajribalarni joriy etish bo’limi bevosita ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy ishlar bo’yicha prorektor hamda institut rektoriga bo’ysunadi.