Buxgalteriya

  • amaldagi qonunlarga muvofiq buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil qilishni ta’minlaydi;
  • tasdiqlangan byudjet smetasi asosida mablag’larning to’g’ri va maqsadli sarflanishini ta’minlaydi;
  • maxsus mablag’lar smetasi bo’yicha kirim va chiqim hisobotlari va institutga byudjetdan tashqari mablag’larni jalb qilish hamda ularning to’g’ri va maqsadli sarflanishi bo’yicha ishlarni amalga oshiradi hamda institut kengashlarida hisob berib boradi;
  • professor-o’qituvchilar, pedagog xodimlar, ishchi va xizmatchilarning ish haqlarini o’z vaqtida to’g’ri hisoblanishini va berilishini ta’minlaydi;
  • tashkilotlar, o’quv muassasalari va jismoniy shaxslar bilan moliyaviy munosabatlarni o’z vaqtida amalga oshiradi;
  • institutga qarashli mol-mulkni hisobga olish va hisobdan chiqarish jarayonida faol ishtirok qiladi, inventarizatsiya natijalarini o’z vaqtida aniqlaydi hamda ularni o’z hisobotida aks ettiradi;
  • moliya hujjatlari, xarajatlar smetasi, ularning hisob-kitobi va boshqa hujjatlarni saqlaydi va belgilangan tartibda arxivga topshiradi.

Buxgalteriya bevosita institut rektoriga bo’ysunadi.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*