Hududiy markaz tarixi

Farg’ona viloyati pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti 1945 yil 2 yanvarda tashkil etilgan. Institut Farg’ona viloyat pedagog kadrlarni q’ayta tayyorlash va malakasini oshirish, mutaxassislarning kasbiy bilimlarini va ko’nikmalarini yangilash va chuqurlashtirishni amalga oshiradi va shu sohadagi ilmiy-metodik ishlariga rahbarlik qiladi.

old ko'rinish1

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2001 yil 10 oktyabr 146-sonli buyrug’i va Farg’ona viloyat boshqarmasining 27 avgust 2001 yilgi 162-sonli buyrug’i bilan viloyat pedagog xodimlar malakasini oshirish instituti Viloyat pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga aylantirildi.

Institut ish xarakterining o’zgarishi, yangi tuzulmasi va Nizomining tasdiqlanishi, ayniqsa kafedra tizimiga o’tishi munosobati bilan institutga tegishli mutaxassislar konkurs asosida ishga q’abul qilina boshladi.

Institutda 200 o’rinli yig’ilishlar zali, 150 o’rinli oshxona, 18 x 9 m razmerdagi sport zali, voleybol va svetofor maydonchasi kurs tinglovchilarga xizmat ko’rsatib kelmoqda. Shuningdek, institut xududida Ustoz televideniyasi, Ustoz jurnali va Ustoz gazetasi muharriryatlari joylashgan. Institut o’zining alohida xisob raqami va buxgalteriyasiga ega.

 

Manzil: Farg’ona viloyati Farg’ona shahar K.Behzod 2   

Telefon raqamlari:            

Qabulxona:  0-373-244-87-79  

Faks:           0-373-244-87-79 

 

e-mail: fargona_moi@xtv.uz    info@fargonamoi.uz

Web sayt: http://fargonamoi.uz/