Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida

Hujjat 28.04.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA

Oldingi tahrirga qarang.

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish darajasi va sifatini yanada oshirish, uning o‘quv-metodik va axborot ta’minotini mustahkamlash, respublika ta’lim muassasalarini yuqori malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)

Oldingi tahrirga qarang.

  1. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash haqidagi diplom va ularning malakasini oshirish haqidagi sertifikatning davlat namunalari 2-3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)

  1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi:

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda amaldagi normativ hujjatlar va o‘quv-metodik hujjatlarni tasdiqlangan Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiqlashtirsinlar;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ta’limning ushbu turiga ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim muassasalarining namunaviy tashkiliy tuzilmasini va namunaviy shtatlarini, shuningdek, mablag‘larni rejalashtirish va sarflash tartibini qayta ko‘rib chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar;

Oldingi tahrirga qarang.

har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim muassasalari o‘quv-metodik jarayoni sifati va ular pedagoglari kasb malakasi darajasining mazkur qaror bilan tasdiqlangan Davlat talablariga muvofiqligining tezkor diagnostikasini amalga oshirsinlar.

(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son)

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda 2006—2009-yillarda ta’limning maktabgacha, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar turlari uchun pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashning maqsadli dasturini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
  3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2006-yil 16-fevral,

25-son

Oldingi tahrirga qarang.

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)

Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 16-fevraldagi 25-son qaroriga
2-ILOVA

Qayta tayyorlash haqida davlat namunasidagi

Diplom

(tavsifi)

Qayta tayyorlash to‘g‘risidagi diplom A4 formatli oq qog‘ozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, ko‘k, qizil ranglarda, fon uchun — och pushti rangda bosib chiqariladi.

Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm bo‘lgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm o‘lchamli ikkita kvadrat qo‘shilishidan hosil bo‘lgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning o‘rtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.

Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI. Qayta tayyorlash haqida DIPLOM” so‘zlari bosiladi. Diplom ikki lotin harfi — QT va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan ta’minlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och pushti rang fonda bosib chiqariladi.

Diplom:

— bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;

— yorug‘lik vositasida nusxa ko‘chirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;

— naqshli rastr;

— har xil rangli rastrlardan foydalanish yo‘li bilan turli ranglarni tashkil etish;

— maxsus qog‘ozlar;

— o‘zgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qo‘llangan holda oltita himoyaga ega.

O‘zbekiston
Respublikasi
gerbi
O’zbekiston Respublikasi
Qayta tayyorlash
haqida
DIPLOM
QT № 000000
____________________________________________________________________________
(Pedagogning familiyasi, ismi, otasining ismi)
200___ yil ___________________________________ dan 200____________________ gacha
__________________________________________________________________________ da
(Qayta tayyorlash ta’lim muassasasining nomi)
____________________________________________________________ soatga mo’ljallangan
____________________________________________________________________________
(Qayta tayyorlash kursining nomi)
qayta tayyorlsh kursida ta’lim olib, _________________________________________________
___________________________________________ mavzusida bitiruv ishini Davlat attestatsiya
komissiyasida __________________________________________ bahoga himoya qildi va unga
_________________________________________________________________ huquqi berildi
Muhr o’rni
Rektor ___________
Sana ____________ Qayd raqami __________

Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 16-fevraldagi 25-son qaroriga
3-ILOVA

Malaka oshirish haqida davlat namunasidagi

Sertifikat

(tavsifi)

Malaka oshirish to‘g‘risidagi sertifikat A4 formatli oq qog‘ozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, ko‘k, qizil ranglarda, fon uchun — och kul rangda bosib chiqariladi.

Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm bo‘lgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm o‘lchamli ikkita kvadrat qo‘shilishidan hosil bo‘lgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning o‘rtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.

Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI. Malaka oshirish haqida SERTIFIKAT” so‘zlari bosiladi. Sertifikat ikki lotin harfi — MO va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan ta’minlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kul rang fonda bosib chiqariladi.

Sertifikat:

— bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;

— yorug‘lik vositasida nusxa ko‘chirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;

— naqshli rastr;

— har xil rangli rastrlardan foydalanish yo‘li bilan turli ranglarni tashkil etish;

— maxsus qog‘ozlar;

— o‘zgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qo‘llangan holda oltita himoyaga ega.

O‘zbekiston
Respublikasi
gerbi
O’zbekiston Respublikasi
Malaka oshirish
haqida
SERTIFIKAT
MO № 000000
____________________________________________________________________________
(Pedagogning familiyasi, ismi, otasining ismi)
_______200___ yil _________________________ dan 200________________________ gacha
_________________________________________________________________________ da
(Malaka oshirish ta’lim muassasasining nomi)
jami ___________________________________________________________________ soatli
____________________________________________________________________________
(Malaka oshirish kursining nomi)
bo’yicha malakasini oshirdi.
Muhr o’rni
Rektor ______________
Sana _______________ Qayd raqami ________

Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 16-fevraldagi 25-son qaroriga
4-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar

  1. Vazirlar Mahkamasining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 4-oktabrdagi 400-son qarori bilan tasdiqlangan 2010-yilgacha bo‘lgan davrda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturida:

1) III bo‘limning ikkinchi kichik bo‘limida:

beshinchi xatboshidagi “malakasi 3 yilda bir marta oshiriladi” so‘zlari “malakasini oshirish davriyligi ushbu muassasalar ehtiyojiga qarab belgilanadi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

o‘n beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

2) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

  1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 100-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom 6-bandining yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin.

 

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 6-7-son, 39-modda; 2011-y., 25-son, 260-modda; 2012-y., 33-34-son, 390-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2019-y., 09/19/473/3258-son, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son; 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*