Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

QARORI

XALQ TA’LIMI SOHASIDAGI ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATINI QO‘LLAB QUVVATLASH HAMDA UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH TIZIMINI JORIY QILISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

Xalq ta’limi sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar, mutaxassis va pedagog xodimlarni (keyingi o‘rinlarda — xalq ta’limi xodimlari) qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, umumiy o‘rta ta’limning ilmiy asoslarini yaratish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:

  1. 2021-yil 1-martdan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
  2. a) tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan:

xalq ta’limi xodimlarining malaka oshirish bo‘yicha ehtiyojlari o‘rganiladi hamda “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi orqali ularning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasi tuziladi;

har bir xalq ta’limi xodimining elektron portfoliosi shakllantiriladi va unga xodimning individual trayektoriyasi, kasbiy rivojlanish natijalari va o‘zlashtirgan o‘quv dasturlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi;

  1. b) Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) tomonidan:

xalq ta’limi xodimlarini ularning malaka darajasi, bilimi, ilmiy-pedagogik salohiyati, ish tajribasi, psixologik tayyorgarligi va individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasiga mos keladigan tabaqalashgan malaka oshirish dasturlari bo‘yicha o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

an’anaviy malaka oshirish bilan bir qatorda kasbiy o‘qitishning uyg‘unlashgan, ish jarayoni bilan birgalikda olib boriladigan, masofaviy va boshqa turlari joriy etiladi;

  1. v) Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev) tomonidan:

uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimida xalq ta’limi xodimlari tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan kreditlarning (akademik soatlarning) eng kam hajmi (miqdori) tasdiqlanadi;

xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirishning muqobil shakllari ro‘yxati tasdiqlanadi va har bitta shaklga to‘g‘ri keladigan kreditlar (akademik soatlar) hajmi belgilanadi. Bunda, malaka oshirishning muqobil shakllarini o‘zlashtirgan xalq ta’limi xodimlari tegishli shakl uchun belgilangan hajmdagi (miqdordagi) kreditlarni (akademik soatlarni) to‘plagan deb hisoblanadi;

  1. g) Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) tomonidan muntazam ravishda malaka oshirish dasturlari asosida ta’lim berishning samaradorligi baholanadi va dasturlarni takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘riladi.
  2. Belgilansinki, 2021-yil 1-sentabrdan boshlab:

malaka toifasini berish va saqlab qolish bo‘yicha maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish yil davomida amalga oshiriladi;

uzrli sabablarga ko‘ra (mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik, tug‘ish hamda bolani parvarish qilish ta’tili va boshqalar) attestatsiyadan o‘tmagan pedagog kadrlar ish faoliyatiga qaytganlariga bir yil to‘lgandan so‘ng attestatsiyaga jalb etiladi va mazkur davr mobaynida ularning malaka toifasi saqlab qolinadi (o‘z tashabbusiga ko‘ra attestatsiyadan o‘tmoqchi bo‘lgan pedagog kadrlar bundan mustasno).

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmonigamuvofiq xalq ta’limi xodimlari o‘z ixtiyoriga ko‘ra Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarida malakasini oshirishi mumkinligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  2. Belgilansinki:

Oldingi tahrirga qarang.

Xalq ta’limi vazirligining A. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur mablag‘lar respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Xalq ta’limi vazirligiga ajratiladi;

(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-290-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2022-y., 07/22/290/0563-son)

Davlat budjeti mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlarining elektron reyestri (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) yuritiladi;

Davlat budjetidan mablag‘lar faqat Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlariga ajratiladi.

  1. Xalq ta’limi vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-martga qadar Institut, hududiy markazlar, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarining xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlarini Davlat budjeti hisobidan qoplab berish va Reyestrni yuritish tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
  2. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish kurslarini tashkil etgan oliy ta’lim muassasalariga:

xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirishning ilg‘or shakl va usullarini joriy etish, o‘quv-metodik resurslarini ishlab chiqish, ta’lim dasturlarini takomillashtirishga;

umume’tirof etilgan xalqaro ta’lim standartlari va talablari, ilg‘or pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalari asosida o‘quv jarayonini sifatli tashkil etishga ko‘maklashsin.

Xalq ta’lim vazirligi (Sh. Shermatov) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) bilan birgalikda “Ustoz-shogird” tizimi orqali ustuvor bo‘lgan fan sohalari (matematika, kimyo, biologiya, fizika, ona tili va adabiyot, xorijiy tillar, psixologiya, boshlang‘ich ta’lim) bo‘yicha xalq ta’limi tizimi xodimlari va oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish choralarini ko‘rsin.

  1. Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) 2021-yil 1-iyunga qadar Institut va hududiy markazlarda oliy ta’lim tashkilotlarining pedagogik bo‘lmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalari uchun pedagogik tayyorgarlik modullarini ishlab chiqsin va amaliyotga kiritsin.

Belgilansinki:

pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari, Institut hamda hududiy markazlarda joriy etiladigan pedagogik tayyorgarlik modullari (keyingi o‘rinlarda — modullar) bo‘yicha bakalavriatning so‘nggi ikki bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishga qabul qilinadi;

modullar bo‘yicha o‘qitish talabalarning oliy ta’lim muassasasida tahsil olishdan bo‘sh bo‘lgan vaqtida Xalq ta’limi vazirligining granti va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bunda, Xalq ta’limi vazirligining granti ehtiyoj yuqori bo‘lgan pedagogik mutaxassisliklar bo‘yicha vazirlikning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ajratiladi;

modullarni Xalq ta’limi vazirligining granti asosida o‘zlashtirgan talabalar oliy ta’lim muassasasini bitirganidan so‘ng ikki yildan kam bo‘lmagan muddatga ishlab berish uchun vazirlik tomonidan davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlariga taqsimlanadi;

modullarni o‘zlashtirganlik to‘g‘risidagi sertifikatga ega shaxslarga oliy ta’lim tashkilotida o‘qishni bitirganidan so‘ng qayta tayyorlash kurslaridan o‘tmasdan mutaxassisligiga oid fanlardan umumiy o‘rta va professional ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.

  1. Quyidagilar:

Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;

Xalq ta’limi xodimlarini 2021 — 2025-yillarda uzluksiz kasbiy rivojlantirish natijasida erishiladigan asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Xalq ta’limi vazirligi boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlasin.

  1. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:

xalq ta’limi tizimini ilmiy-metodik jihatdan ta’minlash, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish;

umumiy o‘rta ta’limning dolzarb muammolari yuzasidan tizimli asosda ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oshirish, ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, yig‘ilishlar tashkil etish;

doktorantura yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini doimiy oshirib borish, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash, rahbar kadrlar va metodistlarning malakasini oshirish;

umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va mamlakatimizda joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish;

umumiy o‘rta ta’limni tashkil etishning yangi texnologiyalari, vositalari va shakllarini ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va ekspertiza qilishda ishtirok etish;

kelajak maktabi, uning rahbari va o‘qituvchisining modelini yaratish asosida xalq ta’limi xodimlarining kasbiy standartlarini ishlab chiqish va doimiy tarzda rivojlantirib borish, ilmiy-tadqiqot faoliyatining ta’lim jarayoni bilan aloqalarini mustahkamlash;

xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun namunaviy o‘quv reja, dastur, o‘quv-metodik va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish, shuningdek, kurslarning o‘quv-uslubiy ta’minotini doimiy yangilab borishga ko‘maklashish;

“Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi faoliyatini yuritish, malaka oshirish tashkilotlari bilan birgalikda qayta tayyorlash hamda malaka oshirish kurslari o‘quv modullari kontentini markazlashtirilgan tarzda ishlab chiqish va platformaga kiritilishini ta’minlash.

  1. Belgilab qo‘yilsinki:

Institut A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

Oldingi tahrirga qarang.

Institutga xalq ta’limi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rektor rahbarlik qiladi;

(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-290-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2022-y., 07/22/290/0563-son)

Oldingi tahrirga qarang.

hududiy markazlarining rahbarlari va rahbar o‘rinbosarlari Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda Institut rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-290-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2022-y., 07/22/290/0563-son)

Institutning ma’muriy-boshqaruv, professor-o‘qituvchilari hamda metodist xodimlariga — davlat oliy ta’lim muassasalarining tegishli lavozimlari uchun, ilmiy xodimlariga — Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi. Bunda, bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan tinglovchilar nisbatining cheklangan normativlari oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan bir nafar o‘qituvchi hisobiga talabalar soni nisbatining cheklangan normativlaridan 25 foiz past etib belgilanadi.

  1. Quyidagilar:

Oldingi tahrirga qarang.

  1. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha maqsadli dastur 3-ilovaga muvofiq;

(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-290-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2022-y., 07/22/290/0563-son)

Oldingi tahrirga qarang.

  1. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutining 2023-yilgacha maqsadli ko‘rsatkichlari 4-ilovaga muvofiq;

(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-290-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2022-y., 07/22/290/0563-son)

Oldingi tahrirga qarang.

  1. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti xodimlarining xorijdagi yetakchi ilmiy markazlarda malakasini oshirish reja-grafigi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-290-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2022-y., 07/22/290/0563-son)

Belgilansinki, Institutga qo‘shimcha shtat birliklarini ajratish hududiy markazlarning tegishli boshqaruv shtatlar sonini qisqartirish hisobidan amalga oshiriladi.

Xalq ta’limi vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi Institut ilmiy xodimlarining tanlov asosida xorijdagi yetakchi ilmiy tashkilotlarda stajirovka o‘tashlarini tashkil etsin.

Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hamda Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari Institut ilmiy xodimlarining xorijda malaka oshirishini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.

  1. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;

ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari;

Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘laridan ajratmalar;

xo‘jalik faoliyatidan hamda shartnoma asosida tadqiqotlar o‘tkazishdan tushadigan tushumlar;

xalqaro moliya va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari doirasida tushadigan mablag‘lar;

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.

  1. Institutga o‘zining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan quyidagi chora-tadbirlarni moliyalashtirish huquqi berilsin:

malakali xorijiy mutaxassislar va maslahatchilarni jalb etish, ularga mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda ish haqi to‘lash;

zamonaviy axborot va innovatsion texnologiyalarni joriy etish, Institutning moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash;

Institut xodimlarining xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida malaka oshirishi va stajirovka o‘tashi bilan bog‘liq xarajatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish;

qonun hujjatlariga muvofiq Institutga yuklangan vazifalarni hal etish va uning faoliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarni amalga oshirish.

  1. Xalq ta’limi vazirligi 2021-yil 1-iyunga qadar Institutda:
  2. a) xalq ta’limi tizimidagi rahbar kadrlar va metodistlar malakasini oshirish kurslarini tashkil qilsin;
  3. b) quyidagilarni tayyorlashni yo‘lga qo‘ysin:

to‘lov-kontrakt asosida “Ta’lim menejmenti” va “Kattalar ta’limi” bir yillik magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlarni;

“Ta’limda menejment”, “Fanlarni o‘qitish nazariyasi va metodikasi” hamda “Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi” ixtisosliklari bo‘yicha pedagogika fanlari doktorlarini (PhD, DSc).

  1. Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) ikki oy muddatda:

belgilangan tartibda Institutni xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek, mebel va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash;

Institutning ustavini tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish choralarini ko‘rsin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumatining ayrim qarorlariga6-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3289-sonqarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
  3. Xalq ta’limi vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
  4. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Musayev, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov belgilansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021-yil 25-yanvar,

PQ-4963-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-son qaroriga
1-ILOVA

Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha

“YO‘L XARITASI”

Oldingi tahrirga qarang.

T/r Chora-tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Moliyalashtirish manbalari Mas’ul ijrochilar
I. Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimining me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish
1. Xalq ta’limi tizimidagi rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarni (keyingi o‘rinlarda — xalq ta’limi xodimlari) qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoniga ta’limning kredit-modul tizimini joriy qilishni nazarda tutuvchi “Xalq ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlanishi to‘g‘risida”gi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. Vazirlar Mahkamasining qarori 2021-yil 1-aprel Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev), Adliya vazirligi (Davletov)
2. “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash kurslari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida”gi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. Xalq ta’limi vazirining buyrug‘i 2021-yil 1-aprel Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev), Adliya vazirligi (Davletov)
3. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim tashkilotlari professor-o‘qituvchilarining o‘quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar hajmini hisoblashning “vaqt me’yorlari”ni tasdiqlash. Qo‘shma qaror 2021-yil 1-may Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Husanov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev)
4. Oliy ta’lim tashkilotlarining pedagogik bo‘lmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun pedagogik tayyorgarlik modullarini ishlab chiqish va amaliyotga kiritish. Qo‘shma qaror 2021-yil 1-may Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev), Adliya vazirligi (Davletov)
5. Uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimida xalq ta’limi xodimlari tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan kreditlarning (akademik soatlarning) eng kam hajmini (miqdorlarini) tasdiqlash.

Xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirishning muqobil shakllari ro‘yxatini tasdiqlash va har bir shaklga to‘g‘ri keladigan kreditlar (akademik soatlar) hajmini (miqdorlarini) belgilash.

Qo‘shma qaror 2021-yil 1-mart Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev)
II. Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish
6. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining o‘quv reja hamda dasturlarini, shuningdek, bitiruvchilar egallashi lozim bo‘lgan kompetensiyalarni aks ettiruvchi malaka talablarini ishlab chiqish, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-saytlarida joylashtirish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil 1-iyul Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev)
7. Tayanch maktablarda fanlar kesimida uzluksiz malaka oshirish amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish. Xalq ta’limi vazirligi buyrug‘i, o‘quv reja va dastur O‘quv yili davomida Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov)
8. “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. Axborot tizimi (elektron platforma) 2021-yil 1-aprel Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim tashkilotlarining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov)
9. Xalq ta’limi xodimlarini kasbiy rivojlantirishning zamonaviy turlari va shakllarini keng joriy etish, jumladan:

xalq ta’limi xodimlarining kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqib, doimiy ravishda maqsadli, muammoli va mualliflik kurslarini tashkil etish;

xalq ta’limi xodimlarining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy tillar bo‘yicha savodxonligini oshirishga xizmat qiluvchi media kurslar yaratish va joriy etish;

an’anaviy, masofaviy va boshqa shakllarni o‘z ichiga olgan malaka oshirishning uyg‘unlashgan kurslarini tashkil etish.

Qo‘shma qaror, kurslarni tashkil etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2021-yil 1-martdan boshlab doimiy ravishda Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim tashkilotlarining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev)
10. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi uchun zamonaviy, shu jumladan elektron formatdagi o‘quv adabiyotlarini yaratish. O‘quv adabiyotlarini yaratish rejasi 2021-2022-yillar Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim tashkilotlarining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev)
11. Xalq ta’limi xodimlari uchun jahon ilmiy-texnik ma’lumotlarning elektron axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash. Jahon ilmiy-texnik ma’lumotlarning elektron axborot resurslariga kirish imkoniyatini yaratish 2021-yil 1-sentabr Xalq ta’limi vazirligi (Sher�atov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

III. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim tashkilotlarini ilmiy darajali kadrlar bilan ta’minlash va ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarini (keyingi o‘rinlarda — hududiy markazlar) yuqori malakali professor-o‘qituvchi kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Xalq ta’limi vazirligining A. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) qoshida tashkil etilgan maqsadli doktorantura va stajirovkaga qabul kvotalarini ajratish.

Belgilangan taqsimot asosida maqsadli doktorantura va stajirovkaga qabul qilish jarayonini amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar 2022-yil 1-yanvardan boshlab doimiy Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov),

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy attestatsiya komissiyasi (Yusupov)

13. Hududiy markazlarning professor-o‘qituvchilarini umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirishga hamda xalq ta’limi xodimlari uzluksiz ta’limining dolzarb muammolariga doir ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil 1-martdan boshlab doimiy ravishda Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev)
14. Institut va hududiy markazlar professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyatini baholash va rag‘batlantirishning reyting tizimini joriy etish.

Professor-o‘qituvchilarning turli innovatsion, amaliy va fundamental tadqiqotlar loyihalari tanlovlarida faol ishtirok etishini ta’minlash.

Xalq ta’limi vazirining buyrug‘i 2021-yil 1-dekabrdan boshlab doimiy ravishda Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)
15. Quyidagilar orqali xalq ta’limi sohasidagi mahalliy va yetakchi xorijiy tashkilotlar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish:

xalq ta’limi xodimlarining qonunchilikda belgilangan tartibda yetakchi xorijiy ta’lim tashkilotlarida malaka oshirishi va stajirovkalarini tashkil etish;

ta’lim, mahorat darslari va tajriba almashish uchun xorijiy olimlar, o‘qituvchilar, mutaxassislarni taklif etish;

xalqaro konferensiya va seminarlarni tashkil etish, qo‘shma xalqaro ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish.

Ijrochilarning kompleks chora-tadbirlari, xalq ta’limi vazirining buyrug‘i Doimiy ravishda Xalq ta’limi vazirligi va tizimidagi tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari, homiylar va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)
16. Institutda to‘lov-kontrakt asosida “Ta’lim menejmenti” va “Kattalar ta’limi” bir yillik magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlarni tayyorlash. Tashkiliy chora-tadbirlar 2021/2022 o‘quv yili To‘lov-kontrakt mablag‘lari Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Norkulov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev)
IV. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish
17. Hududiy markazlarni zarur mebellar, o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, videokonferensiya qurilmalari, kompyuter texnikasi va boshqa inventarlar bilan jihozlash. Tashkiliy chora-tadbirlar 2022-yil 1-mart Xalq ta’limi vazirligi va tizimidagi tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
18. Hududiy markazlarda tabiiy fanlarning zamonaviy STEAM laboratoriyalarini tashkil etish va jihozlash. Tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil 1-martdan boshlab bosqichma-bosqich Xalq ta’limi vazirligi va tizimidagi tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
19. Hududiy markazlar xodimlarini belgilangan tartibda att�statsiyadan o‘tkazish.

Institut va hududiy markazlarning rahbar lavozimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali”dan foydalangan holda ochiq tanlov o‘tkazish.

Institut va hududiy markazlarni yuqori malakali, ta’lim berishning zamonaviy shakl va uslublarini, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini puxta egallagan, ilmiy salohiyat va amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan, halol, tartib-intizomli pedagog kadrlar bilan to‘ldirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil 1-martdan boshlab bosqichma-bosqich Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (Xasanov)
V. Xalq ta’limi xodimlarining salohiyatini oshirish, xalq ta’limida inson resurslarini rivojlantirish
20. Xalq ta’limi xodimlarining “Lifelong learning” tamoyili asosida uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish. Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi 2021-yil 1-martdan boshlab bosqichma-bosqich Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev)
21. Xalq ta’limi tizimi rahbarlarining yuksak kasbiy axloq-odobini, korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini va unga toqatsiz munosabatni shakllantirish.

Institut, hududiy markazlar, davlat umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari rahbar kadrlarining psixologik portretini tuzish hamda davriy ravishda yangilab borish.

Chora-tadbirlar dasturi 2022-yil 1-yanvardan boshlab bosqichma-bosqich Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov)
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining “Boshqaruvning zamonaviy usullari” maxsus kurslarida hududiy markazlar rahbarlarining malakasini oshirish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich Institut va hududiy markazlarning budjetdan tashqari mablag‘lari Davlat boshqaruvi akademiyasi (Bekmurodov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov)
23. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida innovatsiyalarni, shu jumladan o‘qitishning zamonaviy, interaktiv va ijodiy uslublarini joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy loyihalar tanlovlarini tashkil qilish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil 1-oktabrdan boshlab Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov),

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

24. Xalq ta’limi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan fan metodistlarining umumiy shtatlar sonini o‘zgartirmagan holda tuman (shahar)lar kesimidagi shtatlari sonini ma�tablarning tegishli fan o‘qituvchilari kontingentidan kelib chiqqan holda belgilash. Xalq ta’limi vazirining buyrug‘i 2021-yil 1-sentabr Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev)
25. Pedagogika yo‘nalishidagi talabalar amaliyoti soatlarini oshirish, amaliyotni asosan chekka hududlardagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘tishini ta’minlash. Qo‘shma qaror 2021-yil 1-avgust Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov)

Izoh:

  1. Tadbirlarni amalga oshirish shakli o‘zgarishi, ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar esa huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmeti va sohasidan kelib chiqqan holda birlashtirilishi mumkin;
  2. Ikki va undan ortiq bandlar birlashtirilganda ushbu bandlar uchun belgilangan eng kech muddat ijro muddati etib belgilanadi.

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-290-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2022-y., 07/22/290/0563-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-son qaroriga
2-ILOVA

Xalq ta’limi xodimlarini 2021 — 2025-yillarda uzluksiz kasbiy rivojlantirish natijasida erishiladigan

ASOSIY MAQSADLI KO‘RSATKICHLAR

Oldingi tahrirga qarang.

T/r Ko‘rsatkichlar nomi O‘lchov birligi Yillar kesimida Mas’ul ijrochilar
2021-yil 2022-yil 2023-yil 2024-yil 2025-yil
I. Ta’lim samaradorligi va kadrlar salohiyatini oshirish
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarining (keyingi o‘rinlarda — hududiy markazlar) ilmiy darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar salmog‘i. Foizda (jami professor-o‘qituvchilar soniga nisbatan) 20 25 30 35 40 Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov)
2. Xorijda malaka oshirgan yoki stajirovka o‘tagan hududiy markazlarning professor-o‘qituvchilari salmog‘i. Foizda (jami professor-o‘qituvchilar soniga nisbatan) 2 4 8 15 20 Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)
3. Hududiy markazlardagi o‘quv jarayonida taqdimotlar, multimedia va onlayn texnologiyalardan foydalanadigan professor-o‘qituvchilari salmog‘i. Foizda (jami o‘qituvchilar soniga nisbatan) 40 60 70 90 100 Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov)
4. Hududiy markazlarga jalb qilingan xorijiy professor-o‘qituvchilar salmog‘i. Foizda (jami professor-o‘qituvchilar soniga nisbatan) 1 2 2 3 4 Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)
5. Kredit-modul tizimi joriy etiladigan hududiy markazlar soni. Soni 6 10 14 14 14 Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev)
II. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malaka oshirish muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish
6. Hududiy markazlarning nufuzli xalqaro bazalarda (SCOPUS, Web of science va boshqa Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan bazalar) ro‘yxatdan o‘tgan ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar salmog‘i. Bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan maqolalarning o‘rtacha soni 0,1 0,2 0,3 0,4 0,5 Xalq ta’limi vazirligi (Sh. �ermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Oliy attestatsiya komissiyasi (A. Yusupov)
7. Hududiy markazlarning qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimi hamda umumiy o‘rta ta’lim sohasiga doir ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchi professor-o‘qituvchilari salmog‘i. Foizda (jami professor-o‘qituvchilar soniga nisbatan) 10 15 25 35 50 Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy attestatsiya komissiyasi (A. Yusupov)
8. Hududiy markazlarda xalqaro yoki milliy ilmiy-tadqiqot grantlari loyihalarida ishtirok etadigan professor-o‘qituvchilar salmog‘i. Foizda (jami professor-o‘qituvchilar soniga nisbatan) 10 12 14 16 18 Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)
III. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va innovatsion loyihalarni joriy etish
9. Milliy va xalqaro (Coursera, Udemy, Udacity, Edx va boshqa) darajadagi mustaqil masofaviy malaka oshirish kurslarida ta’lim olgan xalq ta’limi xodimlari salmog‘i. Foizda (jami xalq ta’limi xodimlari soniga nisbatan) 10 12 14 16 18 Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov)
IV. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga nodavlat tashkilotlarini jalb qilish orqali sog‘lom raqobat muhitini yaratish
10. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasidagi xususiy sektorning ulushi. Foizda (jami maktab o‘qituvchilari soniga nisbatan) 10 15 20 25 30 Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi (G‘. Xoljigitov)

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-290-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2022-y., 07/22/290/0563-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-son qaroriga
3-ILOVA

Oldingi tahrirga qarang.

Xalq ta’limi vazirligining A. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha

MAQSADLI DASTUR

T/r Ustuvor masalalar Moliyalashtirish manbalari Bajarish muddatlari Mas’ul ijrochilar
I. Ilmiy izlanishlar samaradorligi va natijadorligini oshirish
1. Xalq ta’limi vazirligining A.Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutining (keyingi o‘rinlarda — Institut) 2021 — 2030-yillarda rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqish va qo‘shma qaror bilan tasdiqlash. Bunda:

xalqaro tendensiyalar va ilmiy izlanishlar bilan muvofiqlikni ta’mi�lash maqsadida umumiy o‘rta ta’limning dolzarb muammolari yuzasidan tizimli asosda ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oshirish;

umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va mamlakatimizda joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

2021-yil 1-iyun Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Institut ilmiy faoliyatini 2030-yilgacha rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash va tasdiqlash. Bunda:

xalq ta’limi tizimini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari, maqsadlari va dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash, ushbu yo‘nalishlarni rivojlantirishda Institutning roli va o‘rnini aniqlash;

xalq ta’limi tizimi faoliyatini ilmiy-metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazishning Institut uchun ustuvor jihatlarini belgilab olish;

Institutning kadrlar yetishtirib berishdagi rolini oshirish.

2021-yil 1-iyun Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), manfaatdor vazirlik va idoralar
3. Institutning ilmiy-tadqiqot yutuqlarini amaliyotga tatbiq etish. Bunda:

umumiy o‘rta ta’limni tashkil qilishning ilmiy-uslubiy va amaliy-texnologik asoslarini yaratish, milliy ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish va tajriba-sinovdan o‘tkazishda ishtirok etish;

umumiy o‘rta ta’limning o‘quv reja va dasturlarini o‘quvchilar tomonidan qabul qilinishi samaradorligini tahlil qilish va ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

kelajak maktabi, uning rahbari va o‘qituvchisining modelini yaratish asosida xalq ta’limi xodimlarining kasbiy standartlarini ishlab chiqish va doimiy tarzda rivojlantirib borish;

umumta’lim maktablari rahbarlarining psixologik portretini shakllantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish tizimini yo‘lga qo‘yish;

tadqiqot natijalariga ko‘ra aniqlangan muammolar va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan guruh va individual amaliy dars mashg‘ulotlari va treninglarni tashkil etish.

2021-yil 1-dekabr Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev)
4. Xorijiy ilmiy markazlarda faoliyat olib borayotgan olimlarni Institutdagi ilmiy izlanishlarga jalb qilish. Bunda:

xorijdagi turdosh ilmiy markazlarda faoliyat yuritayotgan olimlar haqidagi ma’lumotlar bazasini yaratish;

xorijiy olimlar bilan muzokaralar olib borish;

xorijiy olimlar ishtirokida ilmiy izlanishlar loyihalarini tayyorlash;

loyihalarni ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim tashkilotlari hamda xalq ta’limi muammolari bilan shug‘ullanuvchi boshqa tashkilotlar bilan birgalikda tayyorlash va muvofiqlashtirish.

Xalq ta’limi vazirligi va Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari 2021-yil 1-iyundan boshlab doimiy Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov)
II. Institut faoliyatini takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash va yosh mutaxassislarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish
5. Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini xatlovdan o‘tkazish, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Bunda, Institutning ilmiy-tadqiqot ishlarini xatlovdan o‘tkazish, dolzarbligidan kelib chiqib, istiqbolli ilmiy ishlanmalarni tahlil qilgan holda ularning ro‘yxatini va amaliyotga tatbiq etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

2021-yil 15-dekabr Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)
6. Institut ilmiy ishlanmalarining doimiy yangilanib turadigan elektron ma’lumotlar bazasini yaratish.

Bunda, Institut ilmiy ishlanmalarning elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish va uni muntazam yangilab turish.

2021-yil 1-dekabr Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)
7. Xalq ta’limi sohasi uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish. Bunda:

xalq ta’limi muassasalari uchun magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar, doktorantura yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash;

xalq ta’limi muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish, ularni sinovdan o‘tkazish va pilot kursl�rini tashkil qilish;

xalq ta’limi muassasalari rahbar kadrlarini tayyorlash va ularning doimiy kasbiy rivojlanishini ta’minlovchi o‘quvlar tashkil qilish asosida milliy kadrlar zaxirasini shakllantirishni qo‘llab-quvvatlash;

xalq ta’limi tizimiga kiruvchi qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim muassasalariga ilmiy-metodik jihatdan rahbarlik qilish;

xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida har bir xodimning malaka oshirish jarayonlarini monitoring qilish va shaxsiy hisobini yuritish imkoniyatini ta’minlovchi “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi faoliyatini yuritish;

ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha shartnoma asosida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish.

Institutning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari 2022-yil 1-yanvardan boshlab doimiy Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov)
8. Yosh olimlarni Institutga jalb etish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarini amalga oshirish. Bunda:

Xalq ta’limi vazirligiga oliy ta’lim muassasalarini bitiruvchi yosh mutaxassislarni taqsimlash to‘g‘risida taklif kiritish;

davlat granti loyihalari shtat jadvalida yosh olimlar ulushi 30 foizdan kam bo‘lmasligini ta’minlash;

magistrlar uchun ajratilgan kvotalardan maqsadli foydalanish.

2021-yil 1-apreldan boshlab doimiy Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)
9. Institut ilmiy faoliyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha doktoranturaga kvotalar ajratish.

Bunda:

doktoranturada yangi ixtisosliklarni ochish va mavjudlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

dissertatsiya ishini amalga oshirish yuzasidan ilmiy xodimlarni uzoq muddatli ilmiy safarga jo‘natishni tashkillashtirish.

Davlat budjeti 2021-yil 1-oktabr Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)
10. Magistrlarni Institut ilmiy-tadqiqot loyihalariga jalb qilish.

Bunda:

turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan magistrlik dissertatsiyalarini Institutda bajarish tadbirlar rejasini ishlab chiqish;

rejani Innovatsion rivojlanish vazirligi va Xalq ta’limi vazirligiga tasdiqlash uchun kiritish va amalga oshirish.

Tasdiqlash — 2021-yil 1-may

Bajarish — rejaga muvofiq

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov)
III. Xalqaro aloqalarni mustahkamlash va Institutning raqobatbardoshligini ta’minlash
11. Xorijiy ilmiy muassasalar va markazlar bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borishni kengaytirish. Bunda:

Institut asosiy ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikda olib boriladigan izlanishlarni kelishib olish va shu yo‘nalishlar bo‘yicha ish rejalarini ishlab chiqish;

qiziqish bildirgan turdosh yetakchi xorijiy ilmiy markazlar, jamg‘armalar va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish;

ilmiy darajaga ega izlanuvchilarning xorijdagi anjumanlar, simpoziumlar va boshqa tadbirlarda qatnashishi uchun imkoniyatlar yaratish.

Xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari va mablag‘lari 2021-yil 1-martdan boshlab doimiy Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Tashqi ishlar vazirligi (Komilov)
12. Umumiy o‘rta ta’limning dolzarb muammolari va pedagogika sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarida xorijiy tashkilotlar (Koreya, Finlyandiya, Rossiya va boshqalar) bilan hamkorlik qilish.

Bunda, hamkorlikda olib boriladigan ilmiy izlanishlar hamda mazkur institut bazasida kadrlar tayyorlash ish rejalarini ishlab chiqish, doktorantlarni dissertatsiya ishini bajarish yuzasidan ilmiy safarlarga yuborish.

Institutning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari 2021-yil 1-sentabr Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)
13. Institutda olib boriladigan ilmiy izlanishlarning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha noshirlik ishlarini yo‘lga qo‘yish. Bunda:

Institutda xalq ta’limi muammolarining ilmiy yechimlari nashr qilinadigan “Xalq ta’limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar” nomli ilmiy jurnal faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

Institutda o‘quv va metodik qo‘llanmalarni ekspertizadan o‘tkazish natijalariga ko‘ra xalq ta’limi muassasalarida foydalanishga tavsiya etish (grif berish) vakolatiga ega bo‘lgan ilmiy-metodik kengashlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari va homiylar mablag‘lari 2021-yil 1-sentabrdan boshlab doimiy Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev)
14. Institutda olib boriladigan ilmiy izlanishlarning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlar tashkil etish va o‘tkazish. Bunda:

respublikada o‘tkaziladigan ilmiy-texnikaviy tadbirlar rejasiga kiritish uchun pedagogika sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha xalqaro tadbirlar taqvimiy rejalarini tuzish va Fanlar akademiyasi bilan muvofiqlashtirish;

rejada belgilangan muddatlarda xalq ta’limi muammolarini yechishga bag‘ishlangan anjumanlarni o‘tkazib borish.

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari va homiylar mablag‘lari 2021-yil 1-sentabrdan boshlab doimiy Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev)
IV. Institut moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
15. Ilmiy moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha yillik dasturni amalga oshirish. Bunda:

Institutga zarur bo‘lgan kompyuter va ko‘p nusxada chop etish qurilmalarini xarid qilish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish;

Texnik vositalar (qurilmalar) ro‘yxatini Xalq ta’limi vazirligi bilan muvofiqlashtirish.

Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi 2021-yil 1-iyun Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov)

(3-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-290-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2022-y., 07/22/290/0563-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-son qaroriga
4-ILOVA

Oldingi tahrirga qarang.

Xalq ta’limi vazirligining A. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutining 2023-yilgacha

MAQSADLI KO‘RSATKICHLARI

(4-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-290-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2022-y., 07/22/290/0563-son)

T/r Ko‘rsatkich (indikator) nomi 2021-y. 2022-y. 2023-y.
I. Ilmiy tadqiqot faoliyatining samaradorligi va natijadorligini oshirish
1. Ilmiy xodimlarning shtat birligi 35 40 45
2. O‘rtacha yoshi 45 42 40
II. Oliy toifadagi kadrlarni tayyorlash
3. Doktorlik dissertatsiyalari himoyasi (DSc) 1 2
4. Falsafa doktori dissertatsiyalari himoyasi (PhD) 2 3 4
5. Professor ilmiy unvonini olgan ilmiy xodimlar soni 1
6. Katta ilmiy xodim ilmiy unvonini olgan ilmiy xodimlar soni 1 2
7. Fan doktori (DSc) darajasini olish bo‘yicha doktorantlar soni 1 2
8. Falsafa doktori (PhD) darajasini olish bo‘yicha doktorantlar soni 1 4 6
9. Stajor-izlanuvchilar soni 2 3 4
10. Mustaqil izlanuvchilar soni 3 5 7
11. Yosh olimlar soni (40 yoshgacha) 7 10 12
III. Nashr etish faolligi
12. Nashr etilgan ilmiy maqolalar soni 16 34 52
13. “Scopus” va “Web of Science” xalqaro ma’lumotlar bazalariga kiruvchi maqolalar soni 2 6 10
14. Xorijda chop etiladigan maqolalar soni 4 8 12
15. Oliy attestatsiya komissiyasi ro‘yxatiga kiruvchi respublika jurnallaridagi ilmiy maqolalar soni 10 20 30
16. Monografiyalar va o‘quv qo‘llanmalari soni 2 3 5
17. Patentlar va intellektual mulkka egalik guvohnomalari soni 1 3 5
IV. Ilmiy natijalarni keng muhokama etishni tashkil qilish va zamonaviy fan yutuqlarini ommalashtirish
18. Respublika ilmiy konferensiyalarini tashkil etish 2 2 2
19. Xalqaro ilmiy konferensiyalarni tashkil etish 1 2
20. Doimiy ravishda faoliyat olib boruvchi ilmiy seminarlarni tashkil etish 9 10 10
21. Doimiy ravishda faoliyat olib boruvchi o‘quv seminarlarini tashkil etish 2 2 3
V. Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish
22. Institutdagi ilmiy ishlarning bajarilishida ishtirok etayotgan hududiy malaka oshirish markazlarining professor-o‘qituvchilari soni 3 7 10
23. Magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish 2 10 15
24. Bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish 4 6 8
25. Ilmiy ishlanmalarni joriy qilish 2 5
VI. Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish
26. Xorijiy ilmiy grantlar soni 1 2
27. Texnik yordam loyihalari soni 1 2
28. Hamkorlikdagi dasturlar doirasidagi ilmiy-izlanishlar 1 2
29. Xorijiy olimlarning institutga tashrifi 2 5 10
30. Institut xodimlarining xorijiy olimlar bilan birgalikdagi maqolalari soni 1 5 10
VII. Institutning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish
31. Zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlanganlik darajasi (%) 25 50 100
32. Kichik bosmaxonani tegishli qurilmalar bilan jihozlash darajasi (%) 30 60 100

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-son qaroriga
5-ILOVA

Oldingi tahrirga qarang.

Xalq ta’limi vazirligining A. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti xodimlarining xorijdagi yetakchi ilmiy markazlarda malakasini oshirish

REJA-GRAFIGI

(5-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-290-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2022-y., 07/22/290/0563-son)

T/r Xorijiy hamkor Mamlakat Ilmiy hamkorlikning yo‘nalishi Jami (xodimlar soni) Malaka oshirish yili
2021-yil 2022-yil 2023-yil 2024-yil 2025-yil
1. Koreya ta’limni rivojlantirish instituti (KEDI) Koreya Boshlang‘ich va o‘rta ta’lim muammolarini tadqiq qilish 6 2 1 1 1 1
2. Rossiya ta’lim akademiyasi (RAO) Rossiya, Moskva Maktab direktorlari va o‘qituvchilarning kasbiy standartlarini takomillashtirish 4 2 1 1
3. Belarus respublikasi ta’lim vazirligining “Diplomdan keyingi ta’lim akademiyasi” Belarus Umumiy o‘rta ta’lim rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz ta’limini rivojlantirish 2 1 1
4. Koreya o‘quv dasturlari va baholash instituti (KICE). Koreya Pedagogik kompetensiyalarni takomillashtirish, maktablardagi o‘quv jarayoni monitoringi 4 2 1 1
5. Aminuddin Baki nomidagi Ta’limning rahbar xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Malayziya Ta’lim menejmentining dolzarb muammolarini tadqiq qilish 2 1 1
6. Pittsburg davlat universiteti AQSh, Kanzas shtati Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim muammolari 4 2 2
7. Germaniya o‘qituvchilar uyushmasi Germaniya Ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish muammolari 2 1 1
8. Belarus Fanlar akademiyasining informatika muammolari birlashgan instituti Belarus Umumiy o‘rta ta’limni axborotlashtirish jarayonlarini ilmiy jihatdan ta’minlash 2 1 1
9. Finlyandiya akademiyasi (Suomen Akatemia) Finlyandiya Maktab ta’limi sifatini takomillashtirish 2 1 1
10. Rossiya ta’lim akademiyasining ta’limni rivojlantirish strategiyalari instituti Rossiya, Sankt-Peterburg Umumiy o‘rta ta’limni rivojlantirish strategiyasi yo‘nalishida fundamental va amaliy tadqiqotlar 4 2 1 1
Jami: 32 8 9 4 8 3

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-son qaroriga
6-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-son qarorida:

16-banddagi “A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida” so‘zlari “Xalq ta’limi vazirligining A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutida” so‘zlari bilan almashtirilsin;

1-ilovadagi “A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti” so‘zlari “A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentabrdagi “Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4467-son qarorida:

9-banddagi “A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida” so‘zlari “Xalq ta’limi vazirligining A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutida” so‘zlari bilan almashtirilsin;

2019 — 2021-yillarda xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 24-pozitsiyasidagi “A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining” so‘zlari “Xalq ta’limi vazirligining A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining” so‘zlari bilan almashtirilsin.

  1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-noyabrdagi “2005 — 2009-yillarda umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar nashr etish dasturi to‘g‘risida”gi 548-son qarori 3-bandida:

uchinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg‘armasidan” so‘zlari “Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

to‘rtinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob fondining” so‘zlari “Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.

  1. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgustdagi “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 173-son qarorining 8-bandi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

“2021-yil 1-sentabrdan boshlab 50 foiz — matematika, kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar rahbar kadrlari (direktor va ixtisoslashgan fan bo‘yicha direktor o‘rinbosari) hamda tegishincha matematika, kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchilariga (bunda mazkur bandning ikkinchi-to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan ustamalar ushbu rahbar kadrlar va tegishincha matematika, kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchilariga tatbiq etilmaydi)”.

  1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartida:

17-banddagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “Xalq ta’limi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

15-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

“Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun o‘rnatiladigan davlat ta’lim standartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan tasdiqlanadi”.

  1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-fevraldagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi to‘g‘risidaginizomda:
  2. a) 8-banddagi “Shayxontohur ko‘chasi, 3-uy” so‘zlari “Navoiy ko‘chasi, 2 a-uy” so‘zlari bilan almashtirilsin;
  3. b) 9-bandda:

uchinchi xatboshida:

“Xalq ta’limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi, Xalq ta’limini rivojlantirish fondi,” so‘zlari chiqarib tashlansin;

“Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi, “Barkamol avlod” respublika bolalar texnik ijodiyot markazi, “Barkamol avlod” respublika bolalar ekologiya va o‘lkashunoslik markazi” so‘zlari “Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

to‘qqizinchi xatboshidagi “axborot-resurs markazlari” so‘zlari “bolalar kutubxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.

 

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2021-y., 07/21/4963/0064-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2022-y., 07/22/290/0563-son)

 

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*