RESPUBLIKA IJRO ETUVCHI HOKIMIYAT ORGANLARI FAOLIYATINI SAMARALI YO‘LGA QO‘YISHGA DOIR BIRINCHI NAVBATDAGI TASHKILIY CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
RESPUBLIKA IJRO ETUVCHI HOKIMIYAT ORGANLARI FAOLIYATINI SAMARALI YO‘LGA QO‘YISHGA DOIR BIRINCHI NAVBATDAGI TASHKILIY CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-269-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, vazirlik va idoralar faoliyatini samarali tashkil qilishga yo‘naltirilgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlarni belgilash maqsadida:
1. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar (keyingi o‘rinlarda — vazirlik va idoralar) hamda ular hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalarining Davlat budjeti hamda budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan jami boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlik va idoralar tizimida jami 17 447 ta shtat birliklari qisqartirilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha boshqaruv shtat birliklarini kiritish qat’iyan taqiqlansin.
2. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalarning yagona ro‘yxati hamda ularning to‘liq (rasmiy) va qisqartma nomlari 2 va 2a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-3358-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlik va idoralar rahbarlari uch hafta muddatda har bir vazirlik va idora faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkillashtirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjati loyihasini kiritsin. Bunda, quyidagilar nazarda tutilsin:
vazirlik va idoralarning aniq asosiy faoliyat yo‘nalishlarini belgilash, qabul qilingan rivojlantirish dasturlari, strategiyalar va konsepsiyalarni amalga oshirish;
sohalarda hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarga yechim topishga yo‘naltirilgan tashkiliy-huquqiy va moliyaviy chora-tadbirlar, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, fuqarolarning tizimli muammolarini hal etish;
budjet mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanish, davlat xaridlari shaffofligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari uchun teng imkoniyatlar yaratish orqali davlat xaridlari jarayonida raqobatni rivojlantirish;
energiyani tejash, uning samaradorligini oshirish va sohaga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng jalb qilish;
tegishli sohalarda davlat-xususiy sheriklik va autsorsing mexanizmlarini keng joriy qilish, 2023-yildan boshlab vazirlik va idoralar hamda ularning tizim tashkilotlarining ayrim funksiyalarini bosqichma-bosqich xususiy sektorga o‘tkazish;
litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash. Bunda, litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjat talab etiladigan faoliyat turi, ularni berish uchun talab etiladigan hujjatlar soni, xizmat ko‘rsatish vaqti hamda ularni berish uchun to‘lovlar (yig‘imlar) miqdorini kamaytirish;
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish (ularga xizmat ko‘rsatish, davlat tomonidan subsidiya taqdim etish, imtiyoz berish va boshqacha tartibda qo‘llab-quvvatlash) hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish;
sohani rivojlantirish dasturlari uchun jalb qilinadigan grant va texnik ko‘mak mablag‘larining prognozi hamda uning aniq yo‘nalishlarini belgilash, investitsiya loyihalarini amalga oshirish guruhlari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish;
vazirlik va idoralar tizimidagi davlat unitar korxonalari (muassasalari), mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hamda davlat ulushi bo‘yicha aksiyalar paketi boshqaruviga berilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, ulardagi davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha taklif tayyorlash;
vazirlik va idoralar hamda ularning tizimidagi tashkilotlar tomonidan nazorat funksiyalarini “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshirish tartibini takomillashtirish, shuningdek, ularni muvofiqlashtirish va nazorat funksiyalarini maqbullashtirish;
vazirlik va idoralar hamda ularning tizimidagi tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari va aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning modelini takomillashtirish;
vazirlik va idoralarda hamda ular tarkibiga kiradigan tashkilotlar kesimida korrupsiya avj olgan sohalarda uning rivojlanish sabablari va shartlarini o‘rganish asosida ushbu sohalarning har biriga “tashxis qo‘yish” hamda korrupsiya omillarini bartaraf etish;
sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shu jumladan vazirlik va idoralarning ish jarayonini raqamlashtirish;
sohada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning kasbiy mahorati va mas’uliyatini oshirish, tizim tashkilotlariga tashabbuskor, fidoyi, sadoqatli, o‘z ustida doimiy ishlaydigan kadrlarni jalb qilish hamda ularning salohiyatini doimiy ravishda oshirib borish;
vazirlik va idoralarning tashkiliy tuzilmalarini tasdiqlash, ular tarkibiga kiritilgan muassasalarning faoliyatini takomillashtirish;
qonunchilik hujjatlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir-biriga muvofiqlashtirish.
4. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalarda tarkibiy bo‘linmalarni shakllantirish hamda lavozimlarni joriy etishga oid yagona talablar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlik va idoralar rahbarlari shtatlar jadvallarini ishlab chiqish va ro‘yxatdan o‘tkazishda mazkur Farmon bilan tasdiqlanayotgan yagona talablarga qat’iy amal qilsin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev) bilan birgalikda uch oy muddatda vazirlik va idoralarga yuklatilgan vazifalarni xatlovdan o‘tkazish hamda ishlab chiqarish va yordamchi xodimlarni kiritish bo‘yicha shtat normativlarini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Vazirlik va idoralar rahbarlari belgilangan vazifalarining bajarilishini hamda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining uzluksizligini ta’minlash maqsadida uch kun muddatda o‘z rahbarlari o‘rinbosarlari o‘rtasida aniq vazifalar va funksiyalarni taqsimlab, ular faoliyatini samarali tashkil qilsin, shuningdek, ajratilgan mablag‘lar doirasida vazirlik va idoralarning markaziy apparati, hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalarining vaqtinchalik tuzilmalarini, shtat birliklarini hamda nizomlarini tasdiqlasin. Bunda:
qayta tashkil etilgan, bo‘ysunuvi o‘zgartirilgan va tugatilgan davlat boshqaruvi organlarining tuzilmasi va shtat birliklari inobatga olinsin;
ish haqi va boshqa xarajatlar vaqtinchalik xarajatlar smetasi doirasida amalga oshirilsin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga vazirlik va idoralarda shtat birliklari maqbullashtirilishi natijasida xodimlar bilan oylik ish haqlari bo‘yicha yakuniy o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida vazirlik va idoralarning vaqtinchalik xarajatlar smetasida, istisno tariqasida, zarur mablag‘larni 2023-yilning 1-choragi uchun rejalashtirishga ruxsat berilsin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan tasdiqlangan shtat birliklari doirasida ish haqi va boshqa xarajatlar uchun belgilangan tartibda mablag‘ ajratilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan tasdiqlangan vazirlik va idoralarning markaziy apparatlari, hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalarining tuzilmalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev) ma’muriy islohotlar doirasida yangi tashkil etilgan vazirlik va idoralarga shtatlar jadvalini tuzish, xodimlarni ishga qabul qilish, mehnat munosabatlarini davom ettirish va bekor qilishni rasmiylashtirish bo‘yicha tushuntirish ishlarini, shuningdek, mehnat qonunchiligi talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirsin.
Belgilansinki, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalarda yangi rahbariyat shakllangunga qadar xodimlarni ishga qabul qilish va mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish ishlari mazkur idoralarda amalda faoliyat yuritayotgan rahbarlar (rahbarlar mavjud bo‘lmasa ularning o‘rinbosaridan biri) tomonidan amalga oshiriladi.
8. Belgilab qo‘yilsinki:
yangi tashkil qilingan va qayta tashkil qilingan vazirlik va idoralar faoliyati tugatilgan yoki qayta tashkil qilingan vazirlik va idoralarning tegishli huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
2023-yil 1-yanvardan boshlab qayta tashkil etilgan va faoliyati tugatilgan davlat organlarining ish yurituvida bo‘lgan litsenziyalash, ruxsat berish, xabardor qilish va boshqa davlat xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi hujjatlar va arizalar tegishliligi bo‘yicha yangi tashkil etilgan hamda tugatilayotgan tashkilotning tegishli funksiyalari o‘tkazilgan vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladi;
davlat unitar korxonalarida xodimlar soni, ularning mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirish shartlari hamda xizmat avtotransport vositalarining cheklangan soni va turlarini tasdiqlashda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan majburiy ravishda kelishiladi.
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda uch kun muddatda:
barcha yangi tashkil etilgan vazirlik va idoralar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga va “Litsenziya” axborot tizimiga ulanishini;
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “Litsenziya” axborot tizimi orqali kelib tushgan va ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lgan hujjatlar va arizalarning tegishliligi bo‘yicha yangi tashkil etilgan vazirlik va idoralar orasida qayta taqsimlanishini ta’minlasin.
9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) uch oy muddatda:
yuridik maqomga ega bo‘lgan jamg‘armalar ijro etuvchi organlarining (direksiyalar, boshqaruv qo‘mitalari va departamentlari hamda boshqalar) faoliyatini tugatish, ularning funksiyalarini tegishli vazirlik va idoralarga o‘tkazish;
vazirlik va idoralarda xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish tizimini ilg‘or tajriba asosida tanqidiy tahlil qilgan holda, ularning sonini va saqlash xarajatlarini qisqartirish, mazkur vazifani autsorsing tizimi asosida tashkil etish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Adliya vazirligi (A. Tashkulov) vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kiritsin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 25-yanvar,
PF-14-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoniga
1-ILOVA
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar hamda ular hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalarining jami boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni

T/r

Vazirlik va idora nomi

Jami boshqaruv shtat birliklari soni

shu jumladan:

Davlat budjeti hisobidan

Budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan

Jami

56 573

51 623

4 950

1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

6 240

6 186

54

shu jumladan vazir o‘rinbosarlari soni

7

7

1.

Soliq qo‘mitasi

9 766

9 766

shu jumladan rais o‘rinbosarlari soni

4

4

2.

Bojxona qo‘mitasi

4 002

4 002

shu jumladan rais o‘rinbosarlari soni

3

3

3.

Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi

104

104

shu jumladan rais o‘rinbosarlari soni

1

1

4.

G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi

1 344

1 344

shu jumladan rais o‘rinbosarlari soni

1

1

5.

Kadastr agentligi

961

388

573

shu jumladan direktor o‘rinbosarlari soni

3

3

6.

Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi

362

362

shu jumladan boshliq o‘rinbosarlari soni

1

1

7.

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi

39

39

shu jumladan boshliq o‘rinbosarlari soni

1

1

2. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

1 378

1 378

shu jumladan vazir o‘rinbosarlari soni

6

6

1.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibg� solish agentligi

99

99

shu jumladan direktor o‘rinbosarlari soni

1

1

2.

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi

20

20

shu jumladan direktor o‘rinbosarlari soni

1

1

3.

Eksportni rag‘batlantirish agentligi

25

19

6

shu jumladan direktor o‘rinbosarlari soni

2

2

4.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

42

23

19

shu jumladan direktor o‘rinbosarlari soni

1

1

3. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

4 652

4 515

137

shu jumladan vazir o‘rinbosarlari soni

4

4

1.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

152

152

shu jumladan rais o‘rinbosarlari soni

1

1

2.

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

190

190

shu jumladan direktor o‘rinbosarlari soni

1

1

3.

Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi

57

57

shu jumladan boshliq o‘rinbosarlari soni

1

1

4. Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

2 312

1 292

1 020

shu jumladan vazir o‘rinbosarlari soni

5

5

1.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi

1 202

1 202

shu jumladan rais o‘rinbosarlari soni

2

2

2.

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi

31

31

shu jumladan rais o‘rinbosarlari soni

1

1

3.

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi

606

587

19

shu jumladan direktor o‘rinbosarlari soni

2

2

4.

Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi

289

289

shu jumladan direktor o‘rinbosarlari soni

5.

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

467

462

5

shu jumladan boshliq o‘rinbosarlari soni

1

1

5. Suv xo‘jaligi vazirligi

Suv xo‘jaligi vazirligi

1 115

1 115

shu jumladan vazir o‘rinbosarlari soni

4

4

1.

Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi

23

23

shu jumladan boshliq o‘rinbosarlari soni

1

1

6. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

1 281

1 273

8

shu jumladan vazir o‘rinbosarlari soni

4

4

1.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

656

134

522

shu jumladan boshliq o‘rinbosarlari soni

3

3

7. Transport vazirligi

Transport vazirligi

649

649

shu jumladan vazir o‘rinbosarlari soni

3

3

1.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi

334

334

shu jumladan rais o‘rinbosarlari soni

2

2

2.

Fuqaro aviatsiyasi agentligi

61

61

shu jumladan direktor o‘rinbosarlari soni

1

1

3.

Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi

35

35

shu jumladan boshliq o‘rinbosarlari soni

1

1

4.

Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi

44

44

shu jumladan boshliq o‘rinbosarlari soni

8. Energetika vazirligi

Energetika vazirligi

97

80

17

shu jumladan vazir o‘rinbosarlari soni

3

3

1.

Atom energetikasini rivojlantirish agentligi

48

48

shu jumladan direktor o‘rinbosarlari soni

1

1

2.

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

357

357

shu jumladan boshliq o‘rinbosarlari soni

2

2

9. Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

121

57

64

shu jumladan vazir o‘rinbosarlari soni

3

3

1.

Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi

186

186

shu jumladan boshliq o‘rinbosarlari soni

1

1

10. Raqamli texnologiyalar vazirligi

Raqamli texnologiyalar vazirligi

181

181

shu jumladan vazir o‘rinbosarlari soni

3

3

1.

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi

22

22

shu jumladan direktor o‘rinbosarlari soni

2.

Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi

136

136

shu jumladan boshliq o‘rinbosarlari soni

1

1

11. Tabiat resurslari vazirligi

Tabiat resurslari vazirligi

1 835

1 826

9

shu jumladan vazir o‘rinbosarlari soni

3

3

1.

O‘rmon xo‘jaligi agentligi

120

63

57

shu jumladan direktor o‘rinbosarlari soni

2

2

2.

Gidrometeorologiya xizmati agentligi

37

37

shu jumladan direktor o‘rinbosarlari soni

1

1

12. Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligi

610

610

shu jumladan vazir o‘rinbosarlari soni

4

4

1.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi

69

69

shu jumladan rais o‘rinbosarlari soni

3

3

13. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

4 950

4 950

shu jumladan vazir o‘rinbosarlari soni

5

5

1.

Maktabgacha ta’lim agentligi

100

100

shu jumladan direktor o‘rinbosarlari soni

3

3

2.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

68

68

shu jumladan direktor o‘rinbosarlari soni

1

1

14. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

451

378

73

shu jumladan vazir o‘rinbosarlari soni

3

3

1.

Innovatsion rivojlanish agentligi

80

66

14

shu jumladan direktor o‘rinbosarlari soni

2.

Bilim va malakalarni baholash agentligi

76

76

shu jumladan direktor o‘rinbosarlari soni

15. Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

469

469

shu jumladan vazir o‘rinbosarlari soni

4

4

1.

Yoshlar ishlari agentligi

990

990

shu jumladan direktor o‘rinbosarlari soni

3

3

16. Madaniyat va turizm vazirligi

Madaniyat va turizm vazirligi

979

979

shu jumladan vazir o‘rinbosarlari soni

4

4

1.

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

16

16

shu jumladan rais o‘rinbosarlari soni

1

1

2.

Kinematografiya agentligi

41

41

shu jumladan direktor o‘rinbosarlari soni

1

1

17. Adliya vazirligi

Adliya vazirligi

3 845

2 090

1 755

shu jumladan vazir o‘rinbosarlari soni

4

4

1.

“O‘zarxiv” agentligi

49

49

shu jumladan direktor o‘rinbosarlari soni

1

1

2.

Personallashtirish agentligi

27

27

shu jumladan direktor o‘rinbosarlari soni

2

2

18. Tashqi ishlar vazirligi

Tashqi ishlar vazirligi

612

612

shu jumladan vazir o‘rinbosarlari soni

5

5

19. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi

342

334

8

shu jumladan rais o‘rinbosarlari soni

2

2

20. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

289

289

shu jumladan rais o‘rinbosarlari soni

3

3

21. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

598

325

273

shu jumladan direktor o‘rinbosarlari soni

3

3

22. Milliy antidoping agentligi

Milliy antidoping agentligi

17

17

shu jumladan direktor o‘rinbosarlari soni

23. Madaniy meros agentligi

Madaniy meros agentligi

217

217

shu jumladan direktor o‘rinbosarlari soni

3

3

Izohlar:
1. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi hamda Mudofaa sanoati agentligining shtat birliklari alohida normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
2. Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga uyida xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodimlar shtat birliklari mazkur ilovada inobatga olinmagan.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklarining vazir o‘rinbosarlari mazkur ilovada inobatga olinmagan.
4. Boshqaruv shtat birliklarining umumiy cheklangan sonida ishlab chiqarish shtat birliklari inobatga olingan (normativ asosida kiritiladigan ishlab chiqarish shtat birliklari bundan mustasno).
5. Vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar xodimlarining umumiy cheklangan soni tarkibida quyidagi tashkilotlarning shtat birliklari inobatga olingan:
Oldingi tahrirga qarang.
5.1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi va Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini boshqarish departamenti, Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi;
(izohning 5.1-bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-martdagi PF-43-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2023-y., 06/23/43/0167-son)
5.2. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizimida Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti;
5.3. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi, Jamoat ishlari jamg‘armasi, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi;
5.4. Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi, Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi;
5.5. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tizimida Respublika agrokimyoviy tahlil markazi, “Biosifat” respublika markazi, Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati;
5.6. Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida Markaziy dispetcherlik, kommunikatsiya va kadastr xizmati hamda Axborot-tahlil va resurs markazi;
5.7. Transport vazirligi tizimida Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi;
5.8. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimida “Avtoyo‘linvest” agentligi;
5.9. Energetika vazirligi tizimida budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi;
5.10. Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi;
5.11. Tabiat resurslari vazirligi tizimida Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi hamda Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi;
5.12. O‘rmon xo‘jaligi agentligi tizimida Milliy tabiat bog‘lari va ovchilik boshqarmasi;
5.13. Gidrometeorologiya xizmati agentligi tizimida Gidrometeorologiyada axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
5.14. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi, Respublika ta’lim markazi, Ta’lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi, Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi;
5.15. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi;
5.16. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi hamda Ilg‘or texnologiyalar markazi;
5.17. Innovatsion rivojlanish agentligi tizimida Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;
5.18. Madaniyat va turizm vazirligi tizimida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi;
5.19. Kinematografiya agentligi tizimida Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi;
5.20. Adliya vazirligi tizimida Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari va Davlat xizmatlari markazlari;
5.21. Tashqi ishlar vazirligi tizimida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, “Dunyo” axborot agentligi hamda Tarjimonlar byurosi;
5.22. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimida Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi hamda Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi.
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining Toshkent shahri hududiy boshqarmalari hamda Toshkent shahri tumanlaridagi bo‘linmalari shtat birliklari mazkur vazirliklar umumiy shtat birliklari soniga kiritilgan.
7. Vazirlik va idoralar rahbarlariga, zarur hollarda, mazkur ilovada keltirilgan boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida tegishli tizim tashkilotlarining tuzilmalariga o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoniga
2-ILOVA
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalarning yagona ro‘yxati*

I. Vazirliklar va ular huzuridagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari

1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi

1.1. Soliq qo‘mitasi

1.2. Bojxona qo‘mitasi

1.3. Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi

1.4. G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi

1.5. Kadastr agentligi

1.6. Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi

1.7. Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi

2. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

2.1. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

2.2. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi

2.3. Eksportni rag‘batlantirish agentligi

2.4. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

3. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

3.1. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

3.2. Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

3.3. Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi

4. Qishloq xo‘jaligi vazirligi

4.1. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi

4.2. Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi

4.3. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi

4.4. Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi

4.5. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

5. Suv xo‘jaligi vazirligi

5.1. Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi

6. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

6.1. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

7. Transport vazirligi

7.1. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi

7.2. Fuqaro aviatsiyasi agentligi

7.3. Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi

7.4. Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi

8. Energetika vazirligi

8.1. Atom energetikasini rivojlantirish agentligi

8.2. Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

9. Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

9.1. Tog‘-kon, geologiya va sanoat xav�sizligini nazorat qilish inspeksiyasi

10. Raqamli texnologiyalar vazirligi

10.1. Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi

10.2. Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi

11. Tabiat resurslari vazirligi

11.1. O‘rmon xo‘jaligi agentligi

11.2. Gidrometeorologiya xizmati agentligi

12. Sog‘liqni saqlash vazirligi

12.1. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi

13. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

13.1. Maktabgacha ta’lim agentligi

13.2. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

14. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

14.1. Innovatsion rivojlanish agentligi

14.2. Bilim va malakalarni baholash agentligi

15. Yoshlar siyosati va sport vazirligi

15.1. Yoshlar ishlari agentligi

16. Madaniyat va turizm vazirligi

16.1. Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

16.2. Kinematografiya agentligi

17. Adliya vazirligi

17.1. “O‘zarxiv” agentligi

17.2. Personallashtirish agentligi

18. Tashqi ishlar vazirligi

19. Favqulodda vaziyatlar vazirligi

20. Ichki ishlar vazirligi

21. Mudofaa vazirligi

21.1. Mudofaa sanoati agentligi

II. Alohida maqomga ega mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari

22. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi

23. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

24. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

25. Milliy antidoping agentligi

26. Madaniy meros agentligi

Jami — 69 ta, shundan:
vazirliklar — 21 ta;
qo‘mitalar — 12 ta, shu jumladan alohida maqomga ega mustaqil qo‘mitalar — 2 ta;
agentliklar — 25 ta, shu jumladan alohida maqomga ega mustaqil agentliklar — 3 ta;
inspeksiyalar — 11 ta.
* Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar to‘g‘risidagi nizom Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoniga
2a-ILOVA
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalarning qisqartma nomlari

T/r

Vazirlik va idoraning to‘liq (rasmiy) nomi

Vazirlik va idoraning o‘zbek tilidagi qisqartma nomi

Vazirlik va idoraning rus tilidagi qisqartma nomi

1.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Minekonomfin

1.1

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi

Soliq qo‘mitasi

Nalogoviy komitet

1.2

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi

Bojxona qo‘mitasi

Tamojenniy komitet

1.3

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi

O‘zdavzaxira

Uzkomgosrezerv

1.4

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi

G‘aznachilik

Kaznacheystvo

1.5

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

Kadastr agentligi

Agentstvo po kadastru

1.6

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi

Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi

Inspeksiya finansovogo kontrolya

1.7

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi

Asillik inspeksiyasi

Probirnaya inspeksiya

2.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

ISSV

MIPT

2.1

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Texnik tartibga solish agentligi

Agentstvo texnicheskogo regulirovaniya

2.2

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi

Investitsiyalarni jalb etish agentligi

Agentstvo privlecheniya investitsiy

2.3

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi

Eksportni rag‘batlantirish agentligi

Agentstvo prodvijeniya eksporta

2.4

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

Farmagentlik

Farmagentstvo

3.

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Bandlik vazirligi

Minzanyatosti

3.1

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

Xotin-qizlar qo‘mitasi

Komitet jenщin

3.2

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

Mahalla va tadbirkorlik agentligi

Agentstvo maxalli i predprinimatelstva

3.3

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi

Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi

Inspeksiya mediko-sotsialnoy ekspertizi

4.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Minselxoz

4.1

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi

Veterinariya qo‘mitasi

Komitet veterinarii

4.2

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi

Ipakchilik qo‘mitasi

Komitet shelkovodstva

4.3

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi

Karantin agentligi

Agentstvo po karantinu

4.4

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi

Qishloq xo‘jaligida xizmatlar agentligi

Agentstvo selxozuslug

4.5

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

O‘zagroinspeksiya

Uzagroinspeksiya

5.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi

Suv xo‘jaligi vazirligi

Minvodxoz

5.1

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi

Suvxo‘jaliknazorat

Vodxoznadzor

6.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

Qurilish va kommunal xo‘jaligi vazirligi

Minstroykomxoz

6.1

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

Qurilish va kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi

Uzstroykomxoznadzor

7.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

Transport vazirligi

Mintrans

7.1

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi

Komitet po avtomobilnim dorogam

7.2

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi

“O‘zaviatsiya” agentligi

Agentstvo “Uzaviatsiya”

7.3

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi

“O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi

Inspeksiya “Uzjeldornadzor”

7.4

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi

O‘zyo‘linspeksiya

Uzdorinspeksiya

8.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

Energetika vazirligi

Minenergo

8.1

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi

“O‘zatom” agentligi

Agentstvo “Uzatom”

8.2

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

O‘zenergoinspeksiya

Uzenergoinspeksiya

9.

O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

Kon-geologiya vazirligi

Mingeologii

9.1

O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi

Kontexnazorat

Gortexnadzor

10.

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Raqamlashtirish vazirligi

Minsifri

10.1

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi

“O‘zbekkosmos” agentligi

Agentstvo “Uzbekkosmos”

10.2

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi

O‘zkomnazorat

Uzkomnazorat

11.

O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi

Tabiat resurslari vazirligi

Minprirodi

11.1

O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi

O‘rmon xo‘jaligi agentligi

Agentstvo lesnogo xozyaystva

11.2

O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi

O‘zgidromet

Uzgidromet

12.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

SSV

Minzdrav

12.1

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi

Sanepidqo‘m

Sanepidkom

13.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

MMTV

MDShO

13.1

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi

MTA

ADO

13.2

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

IMA

ASU

14.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

OTFIV

MVONI

14.1

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsiya agentligi

Agentstvo innovatsiy

14.2

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi

Bilimni baholash agentligi

Agentstvo otsenki znaniy

15.

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Yoshlar va sport vazirligi

Minmolodeji i sporta

15.1

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi

Yoshlar agentligi

Agentstvo molodeji

16.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi

Madaniyat va turizm vazirligi

Ministerstvo kulturi i turizma

16.1

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi

KMODS

16.2

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi

Kinematografiya agentligi

Agentstvo kinematografii

17.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Adliya vazirligi

Minyust

17.1

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi

“O‘zarxiv” agentligi

Agentstvo “Uzarxiv”

17.2

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi

Personallashtirish agentligi

Agentstvo personalizatsii

18.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

TIV

MID

19.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi

FVV

MChS

20.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ish�ar vazirligi

IIV

MVD

21.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Mudofaa vazirligi

Minoboroni

21.1

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi

Mudofaa sanoati agentligi

Agentstvo oboronnoy promishlennosti

22.

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi

Raqobat qo‘mitasi

Komitet po konkurensii

23.

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi

Din ishlari qo‘mitasi

KPDR

24.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Davaktiv agentligi

Agentstvo gosaktivov

25.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi

O‘zMADA

UzNADA

26.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi

Madaniy meros agentligi

Agentstvo kulturnogo naslediya

Izohlar:
1) 2023-yil 1-martdan boshlab yig‘ilish va videoselektor bayonlari, xizmat yozishmalari, tahliliy va boshqa materiallarda (qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining qaror qismlari bundan mustasno) vazirlik va idoralarning qisqartma nomlarini ko‘rsatish amaliyoti joriy qilinadi;
2) vazirlik va idoralarning qisqartma nomlaridan foydalanish tartibi Adliya vazirligi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan belgilanadi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoniga
3-ILOVA
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalarda tarkibiy bo‘linmalarni shakllantirish hamda lavozimlarni joriy etishga oid yagona talablar
I. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining markaziy apparatlari

Xodimlar toifasi

Rahbariyat*

Rahbar
Rahbarning birinchi o‘rinbosari
Rahbar o‘rinbosari
Rahbar maslahatchisi
Rahbar yordamchisi

Departament**

Departament boshlig‘i
Departament boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
Departament boshlig‘i o‘rinbosari

Boshqarma***

Boshqarma boshlig‘i
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari

Bo‘lim****

Bo‘lim boshlig‘i (bosh hisobchi)
Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari (bosh hisobchi o‘rinbosari)

Mutaxassislar*****

Bo� mutaxassis
Yetakchi mutaxassis
Mutaxassis
Izohlar:
* rahbar xodimlar lavozimlarining aniq nomlanishi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi;
** belgilangan mas’ul xodimlar shtat birliklari soni 20 va undan ortiq bo‘lgan hollarda vazirliklarda departament tashkil etilishi mumkin. Bunda, departament boshlig‘ining 2 nafargacha o‘rinbosari (shu jumladan, 1 nafar birinchi o‘rinbosar) lavozimi kiritilishi mumkin;
*** belgilangan mas’ul xodimlar shtat birliklari soni 7 va undan ortiq bo‘lgan hollarda tashkil etiladi. Bunda, boshqarma boshlig‘ining 1 nafar o‘rinbosari lavozimi kiritilishi mumkin. Departament tarkibidagi boshqarmalarda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimi kiritilmaydi;
**** belgilangan mas’ul xodimlar shtat birliklari soni 2 va undan ortiq bo‘lgan hollarda tashkil etiladi. Shtat birliklari soni 5 nafar va undan ortiq bo‘lgan bo‘limlarda 1 nafar bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozimi kiritilishi mumkin. Boshqarma tarkibidagi bo‘limlarda bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozimi kiritilmaydi;
***** belgilangan mas’ul xodimlar shtat birliklari soni 1 nafardan iborat bo‘lganda bosh mutaxassis lavozimi kiritiladi hamda mehnatga haq to‘lash shartlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘iga tenglashtiriladi.
Bunda:
a) markaziy apparatlarning tarkibiy bo‘linmalari va ularning shtat birliklarini shakllantirishda rahbar xodimlar (rahbar va uning o‘rinbosarlari, Vazir kotibiyati boshlig‘i, departament boshliqlari va o‘rinbosarlari, boshqarma boshliqlari va o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari va o‘rinbosarlari) va ijrochilar (bosh mutaxassis, yetakchi mutaxassis, mutaxassis) markaziy apparat bo‘yicha kamida 1/3 nisbatda bo‘lishi lozim;
b) markaziy apparatlar va hududiy hamda tuman (shahar) bo‘linmalari tuzilmalari tegishli rahbarlar tomonidan tasdiqlanadi hamda xodimlarning belgilangan umumiy soni va ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida mustaqil o‘zgartirilishi mumkin;
v) markaziy apparatlarda strategik rejalashtirish va metodologiya, jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmatlari), inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish, axborot tahlil va ijro intizomi, murojaatlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish, yuridik ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, moliya-iqtisod, xalqaro hamkorlik va reytinglar, birinchi bo‘lim tarkibiy bo‘linmalari (lavozimlari) tashkil etilishi majburiy hisoblanadi.
Bunda, strategik rejalashtirish va metodologiya, jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmatlari), korrupsiyaga qarshi kurashish, xalqaro hamkorlik qilish va reytinglar tarkibiy bo‘linmalari (lavozimlari) faqatgina vazirlik va boshqa mustaqil idoralarda tashkil qilinib, ushbu yo‘nalishlarda ular yagona siyosatni amalga oshiradi. Tizim tashkilotlari ko‘p bo‘lgan vazirliklar huzuridagi qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda alohida bo‘linmalar (lavozimlar) tashkil qilinishi mumkin;
g) vazirlarning faoliyatini strategik vazifalarni hal etishga yo‘naltirish hamda kunlik (joriy ishlar) ish yuklamasini maqbullashtirish maqsadida ular faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahlil, nazorat va protokol jihatdan ta’minlaydigan Vazir kotibiyati tashkil qilinishi mumkin.
Vazir kotibiyati boshlig‘i hamda rahbar maslahatchisi mehnatga haq to‘lash shartlari bo‘yicha departament boshlig‘iga tenglashtiriladi;
d) vazirliklar huzuridagi qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar markaziy apparati va ularning hududiy hamda tuman (shahar) bo‘linmalari xodimlari uchun mehnatga haq to‘lash razryadlari tegishlicha vazirlik markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash razryadlaridan bir pog‘ona past miqdorda qo‘llaniladi;
e) boshqarma boshliqlari uchun mehnatga haq to‘lash razryadlari bo‘lim boshliqlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash razryadlaridan, departament boshliqlari uchun esa boshqarma boshliqlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash razryadlaridan bir pog‘ona yuqori miqdorda qo‘llaniladi.
II. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalarning hududiy hamda tuman (shahar) bo‘linmalari

Xodimlar toifasi

Rahbariyat*

Rahbar
Rahbarning birinchi o‘rinbosari
Rahbar o‘rinbosari

Bo‘lim**

Bo‘lim boshlig‘i
Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari

Shu’ba***

Shu’ba boshlig‘i

Mutaxassislar****

Bosh mutaxassis
Yetakchi mutaxassis
Mutaxassis
Izohlar:
* rahbar xodimlar lavozimlarining aniq nomlanishi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi;
** belgilangan mas’ul xodimlar shtat birliklari soni 5 va undan ortiq bo‘lgan hollarda tashkil etiladi. Tuman (shahar) bo‘linmalarida kiritilmaydi;
*** belgilangan mas’ul xodimlar shtat birliklari soni 2 va undan ortiq bo‘lgan hollarda tashkil etiladi;
**** belgilangan mas’ul xodimlar shtat birliklari soni 1 nafardan iborat bo‘lganda bosh mutaxassis lavozimi kiritiladi hamda mehnatga haq to‘lash shartlari bo‘yicha shu’ba boshlig‘iga tenglashtiriladi.
Hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalarining shtat birliklarini shakllantirishda rahbar xodimlar (rahbar va o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari va o‘rinbosarlari, shu’ba boshlig‘i) va ijrochilar (bosh mutaxassis, yetakchi mutaxassis, mutaxassis) bo‘linma bo‘yicha kamida 1/3 nisbatda bo‘lishi lozim.

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.01.2023-y., 06/23/14/0053-son; 25.03.2023-y., 06/23/43/0167-son)

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*